Joriy yilning 23 sentabr kuni Moliya vazirligi rahbariyati va Yevropa investitsiya banki bosh vaziri Vasil Xudak boshchiligidagi delegatsiya bilan birgalikda sanoatni modernizatsiya qilish, texnik yordam ko'rsatish, shuningdek, texnologik yangilanish ishlari bo'yicha kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilindi.
Uchrashuvda YIB bosh vaziri janob Vasil Xudak O'zbekiston bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan loyihalarini taqdim etdi va ushbu loyihalarni amalga oshirishdagi asosiy maqsad energetika, transport va kommunikatsiya tarmoqlarini ekologik toza asosda rivojlantirish hamda energiya sohasida samarali yechimlarni yaratish ekanligini ta'kidladi.
Izoh: Yevropa investitsiya banki – Yevropa Ittifoqining moliyaviy-kredit tashkiloti bo'lib 1958 yilda tashkil etilgan. Yevropa investitsiya banki uzoq muddatli kreditlar orqali Yevropaning rivojlanmagan mintaqalarini moliyalashtirish vazifasini bajaradi. Ustav capital a'zo mamlakatlarning badallari hisobidan shakllanadi va 232 milliard yevrodan oshadi. O'zbekiston Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston bilan bir qatorda YIB bilan hamkorlik qilgan Markaziy Osiyodagi to'rtinchi davlatdir.

Hozirgi vaqtda YIB Respublikamiz bilan hamkorlikda energiya samaradorligini ta'minlash loyihasi (mahalliy banklar va davlat tashkilotlari bilan energiya samaradorligini oshirish bo'yicha ish olib borilmoqda), uy xo'jaliklaridagi suv ta'minotiga texnik yordam ko'rsatuvchi, Orol dengizining tiklanishi, isitish qurilmalari va chiqindilarni qayta ishlab chiqishga qaratilgan loyiha. Yuqorida qayd etilgan loyihalar YIBning O'zbekistondagi eng asosiy loyihalari hisoblanadi.
Uchrashuv davomida O'zbekistonda moliya va boshqa sohalarda olib borilayotgan islohotlarning ahamiyati hamda ushbu islohotlarni jamiyat uchun samarali amalga oshirish muhimligini, so'nggi uch yil ichida xalqaro moliya institutlari bilan faol hamkorlik olib borilishi ta'kidlab o'tildi. Uchrashuv qatnashchilari energetika, transport va aloqa sohasida hamkorlikni ya'nada rivojlantirishni qo'llab quvatladilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar turli sohalardagi moliyaviy va texnik hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha masalalarni kelgusida ko'rib chiqishga kelishdilar.
Manba: Mf.uz