
Joriy yilning 31-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi tomonidan maʼmuriy islohotlar natijasida vazirlik faoliyatiga kiritilgan oʻzgartirishlar va uning tarkibiy tuzilmasi bilan tizim xodimlarini yaqindan tanishtirish maqsadida “Vazirlik departamentlarining ustuvor vazifalari: ochiqlik va moliyaviy intizom” mavzusida navbatdagi vebinar tashkil etildi.
Mazkur vebinarda vazirlikning Urbanizatsiya jarayonlari, uy-joy qurilishi va ipoteka dasturlarini muvofiqlashtirish departamenti, Loyihalarni texnik iqtisodiy asoslanuvini ekspertizadan oʻtkazishni muvofiqlashtirish boshqarmasi, Ijtimoiy sohalar iqtisodiyoti va moliyasi departamenti vakillari tomonidan yo‘nalishlardagi ustuvor vazifalar, ularning asosiy parametrlari, amalaga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar, umuman, faoliyat yuzasidan qator tahliliy taqdimotlar oʻtkazildi.
Vebinar ishtirokchilari vazirlik tizimidagi o‘zgarishlar, tizimdagi boshqaruv funksiyalari, shuningdek, yangiliklarga o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirdilar. Trening davomida taqdimoti bilan ishtirok etgan mutaxassislarga o‘zlarining qiziqtirgan savollariga asosli javob oldilar.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, haftalik o‘tkazib kelinayotgan bu kabi vebinarlar kelgusida ham tizimli ravishda, ya’ni maxsus reja-jadval asosida olib borilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda vazirlikning markaziy apparati departamentlari, mustaqil tarkibiy tuzilmalari faoliyatining ustuvor vazifalari va yoʻnalishlari keng yoritib beriladi.