
2021-yil 12-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati bosh yuriskonsulti Ahmedov Karol Maxmudovich bilan hamkorlikda Tuman (shahar) bo‘limining Pensiya va nafaqalarni tayinlash guruhi bosh inspektorlari (guruh rahbarlari) uchun davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu tadbirda “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi”ga sharxlar berildi. Davra suhbatida mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar, dastlabki sinov davrida xodimlarga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning tatbiq etilishi, xodimlarning huquq va javobgarliklari hamda xodimlarni rag‘batlantirish masalalariga keng to‘xtalib o‘tildi. Suhbat davomida xodimlar toifalari uchun kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlashga, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirishga va ishlar hajmini ko‘paytirishga yo‘l qo‘yilayotgan masalalar ham ko‘rib chiqildi. Mutaxassis tomonidan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida nizom” yuzasidan berilgan savollarga oydinlik kiritib o‘tildi.