• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
“Oʻzbekiston Respublikasida natijaga yoʻnaltirilgan budjetlashtirish tizimini joriy etish” mavzusida trening boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi “2025–2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 210-sonli qarorida dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etish jarayonida vazirlik va idoralar xodimlarining institutsional salohiyatini oshirish maqsadida muntazam oʻquv tadbirlarini oʻtkazib borish vazifasi belgilangan. Mazkur vazifalar ijrosi doirasida 2025-yil 10–12-dekabr kunlari Toshkent shahrida “Oʻzbekiston Respublikasida natijaga yoʻnaltirilgan budjetlashtirish tizimini joriy etish” mavzusida 3 kunlik trening oʻtkazildi. Treningdan koʻzlangan asosiy maqsad - dasturiy budjetlashtirishni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha yagona tushuncha va yondashuvlarni shakllantirish, budjet dasturlarining natijadorligini baholash hamda genderga yoʻnaltirilgan budjetlashtirishni joriy etishda maqsadli indikatorlarini ishlab chiqish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni mustahkamlashdan iborat boʻldi.

Tadbirda vazirlik va idoralarning strategiya, budjet dasturlarini shakllantirish, monitoring va ichki audit yoʻnalishlari uchun masʼul bo‘lgan mutaxassislari ishtirok etdi. Trening mashgʻulotlari xalqaro ekspertlar Tatyana Vinogradova, Dildora Tadjibayeva hamda Rustam Muxamedjanov tomonidan olib borildi. Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazidan Sh.Mirzaxidova va B.Ilhomov ham trener sifatida ishtirok etdilar.

Oʻquv jarayoni davomida ishtirokchilar amaliyotga yoʻnaltirilgan formatda budjet dasturlarini tuzish, maqsad va natijalar zanjirini shakllantirish, steykxolderlar tahlili, xavflarni baholash (PESTEL), indikatorlarni SMART mezonlari asosida tayyorlash, rahbarlar uchun asosiy koʻrsatkichlar (“dashboard”) ko‘rinishlarini ishlab chiqish, shuningdek ichki auditda natijaga yoʻnaltirilgan yondashuvlarni qoʻllash boʻyicha amaliy keys topshiriqlar ustida ish olib bordilar.

Trening nazariy tushunchalar, guruhlarda ishlash, interaktiv muhokama va savol-javoblar asosida oʻtkazilib, ishtirokchilarning amaliy faoliyatlarida uchrayotgan savollarga ekspertlar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.

 

12.12.2025
93
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов