• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Oliy taʼlim talaba yoshlari uchun navbatdagi amaliy seminar oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti departamenti, Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi va Budjet-soliq tadqiqotlari instituti hamkorligida Respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalari talabalari bilan tashabbusli budjetlashtirish jarayoni va Moliya vazirligining “Yoshlar - yuqori marralar” platformasida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan tadbirlar boʻyicha tashkil etilayotgan amaliy seminarlar davomli tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 5-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi direktori I.Xamidova, professor-oʻqituvchilaridan Sh.Mirzahidova, Oʻzbekiston Respublikasi  Moliya vazirligi Davlat budjeti departamenti bosh mutaxassisi X.Xamidov  va  Byudjet-soliq tadqiqotlari instituti xodimlari ishtirokida Toshkent moliya instituti talabalari uchun tashabbusli budjetlashtirish jarayonida hamda “Yoshlar-yuqori marralar” platformasi doirasidagi tadbirlarda talabalar faolligini oshirishga qaratilgan navbatdagi amaliy seminar oʻtkazildi.

Amaliy seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ–5072-son “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori asosida tashkil etilayotgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonining amalga oshirish mexanizmi va fuqarolarning budjet jarayonidagi ishtiroki masalalari keng yoritilib, “Open budget” axborot portali orqali fuqarolar tomonidan kiritilgan loyiha takliflari tahlil qilindi. Amaliy seminarda Moliya vazirligining “Yoshlar-yuqori marralar” platformasi va tashabbusli budjetlashtirish jarayonida faol ishtirok etan talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida joriy etilgan “Tashabbuskor byudjet elchisi” tanlovi boʻyicha ham maʼlumotlar berilib, mazkur tadbirlarda faol ishtirok etgan talabalarning moddiy ragʻbatlantirilishi qayd etildi.

Oʻzaro manfaatli shaklda tashkil etilgan mazkur amaliy seminar talaba yoshlar bilan qizgʻin savol javoblarga boy va ochiq davra suhbati shaklida boʻlib oʻtdi. Talaba yoshlar tomonidan tashabbusli budjetlashtirish portaliga kiritilgan oʻz loyihalarini keyingi bosqichlarda muvaffaqiyatli ilgari surish, gʻolib boʻlgan takliflarni moliyalashtirish va ularni jamoatchilik asosida nazoratini amalga oshirish masalalari yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan asosli javoblar berildi.

05.04.2022
280
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов