• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

         Korrupsiyaga qarshi kurash zamonaviy dunyoda bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri boʻlib qolmoqda. Korrupsiya butun insoniyatga, barcha jamiyatlar asosiga, iqtisodiy taraqqiyotga zarba beradigan, qonun ustuvorligini buzadigan va xalqning davlat siyosatiga ishonchini keskin susaytiradigan, demokratik institutlar rivojiga toʻsqinlik qiladigan xatarli tahdiddir.

Zamonaviy tahdidlar fonida davlat va jamiyat barqarorligiga raxna soluvchi illatlarga qarshi tizimli kurash olib borish har qachongidanda dolzarb masalaga aylangan. Ayniqsa, korrupsiya va kiberjinoyatchilik kabi xavfli holatlar nafaqat iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishga, balki milliy xavfsizlik va fuqarolik ishonchiga jiddiy putur yetkazadi, jamiyatimizda adolat, tenglik va halollik tamoyillariga boʻlgan ishonchni zaiflashtiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazida joriy yilning 28-noyabr kuni “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish(profilaktika)” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

        Tashkil etilgan davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi, Budjet-soliq ilmiy tadqiqotlari instituti hamda Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazining barcha hodimlari ishtirok etdi.

Davra suhbatida Toshkent shahar prokuraturasi 27-tarmoq boʻlimi boshligʻi Mirsoatov Xondamir tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning xususiyatlari, amaldagi qonunchilik talablaridagi yangiliklar, javobgarlik choralarining kuchaytirilishi hamda davlat organlarida korrupsiyaning oldini olishning samarali mexanizmlariga oid “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish (profilaktika)” mavzusida maʼruza qilindi.

Shuningdek, mazkur tadbirda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boʻlimining oʻta muhim ishlar boʻyicha katta tezkor vakili, podpolkovnik Qurbonov Rustam Rahimqulovich “Korrupsiya va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari” mavzusida soʻz yuritdi. U dolzarb jinoyatchilik turlari, ularning zamonaviy shakllari, xavf omillari va ularga qarshi kurashning kompleks yondashuvlari haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.

         Davra suhbati davomida korrupsiyaning davlat boshqaruvi samaradorligiga salbiy taʻsiri, mazkur illatni bartaraf etishda profilaktika ishlarining ahamiyati hamda xodimlarning doimiy ravishda huquqiy savodxonligini oshirib borish zarurligi kabi bir qator masalalar muhokama qilindi. Bundan tashqari, hozirda korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

         Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻtkazilgan davra suhbati davlat xizmatchilarining huquqiy madaniyatini oshirish, korrupsiyaning oldini olishga doir bilim va koʻnikmalarni mustahkamlashga xizmat qilishi taʻkidlandi.

 

28.11.2025
95
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов