• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Iqtisodiy sudlarning sudyalari uchun “Kapital bozori asoslari” mavzusida malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PF-6207-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2021-2022-yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturini amalga oshirish boʻyicha tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 40.3-bandida Iqtisodiy sudlarning sudyalari uchun har yarim yilda kamida bir marta Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazida malaka oshirish kurslarini tashkil etish belgilangan.

Mazkur bandning ijrosini taʻminlash maqsadida ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Markaziy banki, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligining 2021-yil 24-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazida kapital bozori ishtirokchilarini oʻqitish va qayta oʻqitish hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi”ning 3-bandida ham Iqtisodiy sudlarning sudyalari uchun har yarim yilda kamida bir marta Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazida malaka oshirish kurslarini tashkil etish qayd etilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, joriy yilning 7 noyabridan 17-noyabriga qadar Oʻquv markazida Iqtisodiy sudlarning sudyalari uchun онлайн шаклда “ZOOM” платформаси орқали “Kapital bozori asoslari” mavzusida malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Qimmatli qogʻozlar egalarining qonuniy huquq va manfaatlarini adolatli tarzda himoya qilinishi investorlarning mamlakatamizga boʻlgan ishonchini mustaxkamlashga, iqtisodiyotga investitsiyalar oqimini ragʻbatlantirishga xizmat qiladi. Bu borada sud-huquq tizimining oʻrni kattadir. Shu munosabat bilan sudyalar sohani tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni yaxshi oʻzlashtirgan boʻlishi, qonunchilik normalarini adolatli tarzda qoʻllay olishi, qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida yetarli maʼlumotga ega boʻlishi lozim.    Mazkur oʻquv kursini tashkil etishdan asosiy maqsad iqtisodiy (maʼmuriy) sudyalarning kasb mahorati, sohaga oid ilgʻor xorijiy tajribalar, yangi bilim va malakalarni oʻzlashtirish, shuningdek amaliyotga joriy etish koʻnikmalarini takomillashtirishdan iborat.

Oʻquv kursini samarali tashkil etish maqsadida mashgʻulotlarga respublikamizning ilgʻor oʻquv muassasalarining professor-oʻqituvchilari, moliya bozorining yetakchi mutaxassislari jalb qilindi.

Oʻquv kursi jarayonida bugungi kundagi kapital bozori toʻgʻrisidagi dolzarb maʻlumotlar, Fond bozorini tartibga solish masalalari, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar batafsil yoritildi.

17.11.2022
194
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов