O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida joriy yilning 23-noyabrida “G‘aznachilik ijrosi jarayonida nazorat mexanizmi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G’aznachilik xizmati qo‘mitasi “G‘aznachilik risklarini tahlili boshqarmasi” bosh mutaxassisi Xudoyberdi Sattorov va viloyat G‘aznachilik xizmati boshqarmalari G‘aznachilik operatsiyalarini monitoring qilish bo‘yicha sho‘basi boshliqlari va bosh mutaxassislari ishtirok etdilar.

Budjet ijrosi jarayonida nazorat mexanizmi muhim rol o‘ynaydi. Shu jihatdan, qo‘mita mutaxassisi hududiy nazorat mutaxassilari uchun dastlabki va joriy nazoratni tashkil etish usullari, O‘zbekiston Respublikasining 22.04.2021 yildagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684 sonli qonunga rioya etilishi, O‘z.R. Adliya vazirligidan 22.12.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari” 2850-yo‘riqnoma talablari asosida to‘lov hujjatlarining yuritilish tartibi, hisob va hisobotlarni shakllanishi jarayonida nazorat tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha “master klass” o‘tkazildi.

Shuningdek, G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining 18.09.2023 yildagi №50-sonli buyrug‘i asosida tizimda strukturaviy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ushbu bu‘yruq bo‘yicha “G‘aznachilik risklarini tahlil boshqarmasi” va uning tarkibiy bo‘limlari tuzildi. G‘aznachilikda nazorat tadbirlari yangicha tizim asosida tashkil etilishi belgilab berildi. Shundan kelib chiqib, kelgusida hududiy nazorat mutaxassislari o‘z faoliyatlarini tashkil etishda belgilangan ko‘rsatmalar va tartiblar asosida yangicha uslubda funksional vazifalarini yo‘lga qo‘yishlari batafsil tushuntirildi.

Soha mutaxassislari ishtirokida tashkil etilayotgan davra suhbatlari tajriba almashinuvida, rahbariyat tomonidan qo‘yilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishida foydali va ahamiyatli bo‘ldi, hamda g‘azna ijrosi jarayonidagi muammolarga bevosita respublika darajasida yechim topilishida samarali hisoblanadi.