
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida joriy yilning 13-noyabrida “G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida amalga oshirilgan islohotlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi mutaxassisi Qurbanov Alisher va hududiy g‘aznachilik xizmati bo‘limlari, g‘aznachilik xizmati sho‘basi boshliqlari ishtirok etdilar.
Davra suhbati tashkil etilishidan maqsad g‘aznachilik xizmati mutaxassislarini O‘z.R. Prezidentining 21.12.2022 yildagi PF-269 sonli farmoni asosida tizimda amalga oshirilgan ma’muriy islohotlardan so‘ng tizim tuzilmasi, tuman (shahar)larda yangi tashkil etilgan g‘aznachilik xizmati sho‘basi funksional vazifasi, shuningdek qo‘mita oldiga qo‘yilgan yangi vazifa va maqsadlar to‘g‘risida mutaxassis tomonidan batafsil tushuntirish berildi.
Shuningdek, budjet ijrosi jarayonida uchrayotgan muammolar, O‘z.R. Vazirlar Mahkamasining 13.05.2014 yildagi №120-qarori yuzasidan sud qarorlari asosida undiruvni budjetdan mablag‘iga qaratilgan ijro hujjatlari amaliyotda ko‘payganligi, dasturlarni avtomatlashtirilishi bilan yuzaga kelayotgan xatoliklar, davlat xaridlarida shartnomaviy munosabatlarni buzilishi kabi muammolar mutaxassislar bilan muhokama qilinib, ushbu muammoli vaziyatlarga yechim topish bo‘yicha malaka almashildi. Davra suhbatida budjet va g‘aznachilikka oid qabul qilingan oxirgi me’yoriy huquqiy hujjatlar, jumladan “2023-2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish strategiyasi” loyihasi maqsad va vazifalar mohiyati batafsil tahlil qilib izoh berildi.
Respublikamiz g‘aznachilik tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, qo‘yilgan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish, tizimda istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar soha mutaxassislari uchun foydali va ahamiyatli bo‘ldi.