Joriy yilning 24-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tizimida tovar (ish, xizmat)larni xarid qilishning oʻziga xos xususiyatlari (muammo va yechimlar)” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

Anjumanda “Davlat budjetining gʻazna ijrosi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari bilan birga Gʻaznachilik boshqarmasi Mudofaa majmuyi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarining yuridik majburiyatlarini roʻyxatdan oʻtkazish va toʻlovlarni amalga oshirish guruhi bosh inspektori guruhi tinglovchilari ishtirok etdi.
Seminarda O‘quv markazining katta oʻqituvchisi Boltayev Sanjar “Davlat xaridlari jarayoniga doir umumiy talablar va qonunchilik asoslari” mavzusida op maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tizimida davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonidagi mavjud dolzarb muammolar tahlil qilindi, shuningdek, davlat xaridlari borasida mutaxassislarning malakasini yanada oshirish boʻyicha takliflar berildi. Anjuman yakunida kafedra mudiri O‘quv markazining
kafedra mudiri Rano Bakiyeva va katta oʻqituvchi Sanjar Boltayevga foydali va qiziqarli seminarni tashkil etishdagi ishtiroklari uchun tashakkurnoma taqdim etildi.