Joriy yilning 7-iyun kuni Moliya vaziri Timur Ishmetov va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keying o’rinlarda YeTTB) birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink boshchiligidagi delegatsiyasi uchrashuvi bo’lib o’tdi.
YTTB delegatsiyasi tarkibida Markaziy Osiyo bo’yicha yangi boshqaruvchi direktor Jujanna Xargitay, O’zbekistondagi YTTB vakolatxonasi rahbari Alkis Drakinos, bankning moliya institutlari sektoridagi boshqaruvchi direktor Frensis Malij hamda boshqa vakillari ishtirok etdilar.
Shuningdek, uchrashuvda, Moliya vaziri o’rinbosari Odilbek Isakov, davlat ishtirokidagi banklarni isloh qilish departamenti direktori Jamshid Abdushukurov va xalqaro moliya institutlari bilan ishlash departamenti direktori Ajiniyaz Kaypnazarovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvning asosiy mavzusi davlat ishtirokidagi banklarni isloh qilishga bag’ishlandi. Tomonlar banklarni transformatsiyalash va xususiylashtirish jarayonlari, ushbu jarayonlarda YTTBning ishtiroki, mavjud muammolar va kelgusi rejalar haqida muhokama qildilar.
Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilarning diqqat markazi kapital bozorini rivojlantirish va davlat xususiy sherikligi sohalarida islohotlarni amalga oshirish va bu jarayonlarda YTTBning kelgusida ko’rsatadigan ko’magi va o’rniga oid masalalar keng muhokamasiga qaratildi.
Moliya vazirligi
Axborot xizmati