• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HAMDA TDIU O‘RTASIDA O‘ZARO HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

 Joriy yilning 22 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. 

 Memorandumda Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov, Moliya vazirligi Inson resrurslarini rivojlantirish va xodimlarni ma’murlash departamenti direktori Azam Boboev, TDIU rektori Kongratbay Sharipov, TDIUning Inson resurslarini boshqarish kafedrasi mudiri, dotsent Sanjar G‘oyipnazarov hamda universitetning professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

 Mazkur hamkorlik memorandumi Moliya vazirligi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida vazirlik salohiyatidan universitetda yangi avlod kadrlarini maqsadli tayyorlashda foydalanish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy ta’lim dasturlarini yaratish, shuningdek boshqaruv, inson resurslarini boshqarish, kadrlar salohiyatini oshirish yo‘nalishlarida amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish, amaliyot va stajirovkalar tashkil etish, innovatsion ilmiy tadqiqotlarga oid faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro foydali manfaatlar asosida tuzildi.

 Memorandumning maqsadi tomonlar o‘rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish korxonalari samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarga mos inson resurslarini samarali boshqarishning zamonaviy tizimlari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va ular bilan ishlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, mehnat bozoridagi o‘zgarib borayotgan tashqi va ichki kon’yunkturaga mos ravishda kadrlar salohiyatini doimiy rivojlantirish zarur bo‘lgan strategiyalarini hamkorlikda ishlab chiqish, tomonlar kadrlar salohiyati va tajribasidan unumli foydalanish hamda bu bo‘yicha ta’lim dasturlarini, maqsadli amaliyot va stajirovka rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat.

 Alohida ta’kidlash kerakki, tomonlar o‘rtasida ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarning malakali mutaxassislar bilan etarli darajada ta’minlash, kadrlar malakasining yuklatilgan vazifalar va zamonaviy ehtiyojlarga mos darajaga ko‘tarish, korxona va tashkilotlar boshqaruvi uchun istiqbolli iqtisodchi kadrlar zaxirasini shakllantirishda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, zamonaviy boshqaruv tamoyillarini puxta egallashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berishga ko‘maklashish hamda ularning etakchilik qobiliyatlarini shakllantirish, bo‘lg‘usi mutaxassis yoshlarda yuksak kasbiy axloq-odobni, korruptsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish, raqobatbardosh va istiqbolli kadrlar tayyorlash mexanizmini ishlab chiqishda hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. 

 Shuningdek, tomonlar hamkorligida ta’lim va amaliyot hamda ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil sohasida umumiy yo‘nalishlar belgilab olindi. 

  

 Moliya vazirligi 

Axborot xizmati

22.06.2021
504
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов