O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi tomonidan 2021 yilning avgust oyida “Masofaviy ta’lim” platformasi (masofa.tcmf.uz) ishga tushirildi. Ushbu platforma O’quv markazining pedagok-o‘qituvchilari va mutaxassislari tomonidan yaratilgan bo‘lib moliya, g‘aznachilik, pensiya tizimi mutaxassislari, davlat buyurtmachilarining xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlari uchun, shuningdek budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari mutaxassislari (buxgalter va iqtisodchilar) uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda mustaqil ta’lim jarayonini tashkil qilish orqali ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga mo‘ljallangan. Masofaviy ta’lim platformasida “Davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi”, “Budjet tashkilotlarida budjet hisobi va hisoboti”, “Zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shaklllantirish”, “Davlat maqsadli dasturlari monitoringini amalga oshirish” va boshqa o‘quv kurslaridan iborat dasturiy mahsulotlar foydalanuvchi-mutaxassislar ixtiyoriga mustaqil ta’lim olish uchun havola etilgan.

Joriy yilning qisqa davri mobaynida “Masofaviy ta’lim” platformasining “Davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi” kursi bo‘yicha moliya tizimi, budjet tashkilotlari va korporativ tashkilotlarining 7053 nafar mutaxassislari ruyxatdan o‘tib malakasini oshirdi va ulardan 4544 nafari o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlab elektron guvoxnoma olishdi. Shuningdek, “Masofaviy ta’lim” platformasining “Budjet tashkilotlarida budjet hisobi va hisoboti” kursi bo‘yicha 2625 nafar hisobchi-mutaxassislar ruyxatdan o‘tib malakasini oshirda va ulardan 698 nafar tinglovchi elektron guvoxnoma olishga mavaffaq bo‘ldi. Masofaviy ta’lim platformasi orqali bilim va ko‘nikmalarini oshirgan mutaxassislar yaratilgan ushbu mustaqil ta’lim jarayoni va plaformaning qulayliklari to‘g‘risida ijobiy fikr va mulohazalar bildirishmoqda.

Muhim jihatlaridan yana biri platformada mutaxassislar uchun ish jarayonida zarur bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham joylashtirilgan.
Istiqbolda “Masofaviy ta’lim” platformasi orqali dolzarb bo‘lgan yangi o‘quv kurslarini tashkil etish va ularni tizimdagi islohotlar natijasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar asosida takomillashtirish rejalashtirilmoqda.