
Joriy yilning 12-23 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan davlat xaridlari bo‘yicha masʼul mutaxassislar uchun 2 hafta davomida o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu o‘quv kursi milliy agentlikning hududiy bo‘linmalaridan tashrif buyurgan tizim tarkibidagi muassasa bosh xisobchilari, xarid mutaxassislari shuningdek, o‘quv markazi professor-o‘qituvchilari, Davlat xaridlari siyosati departamenti bo‘lim boshlig‘i, maxsus operator vakillari ishtirok etishdi.
O‘quv kurslaridan ko‘zlangan maqsad – Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan davlat xaridlari bo‘yicha masʼul mutaxassislarni davlat xaridlariga oid nazariy bilimlarini hamda davlat xaridlari elektron tizimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshirish, budjet mablag‘lari hisobidan kassa xarajatini amalga oshirishda amaliyotda uchraydigan muammolarga qonuniy echim topishdan iborat.
Shu jihatdan, milliy agentlik mas’ullariga O‘zbekiston Respublikasining 22.04.2021 yildagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684 sonli qonun mohiyati, davlat xaridlaridagi me’zonlar, budjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, 2024 yildan budjet tashkilotlari uchun “UzASBO-2” DM foydalanishga topshirilishi va undagi o‘zgarishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Bilimlarni nazariy jihatdan mustahkamlash uchun oxirgi qabul qilingan me’yoriy hujjatlar va shu talablar asosida ish faoliyatni tartibga solish jihatlari batafsil o‘rgatildi.
Kurs yakunida o‘zlashtirgan bilimlarini baholash uchun o‘tkazilgan test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tkan mutaxassislar agentlik va o‘quv markazi rahbariyati tomonidan sertifikatlar topshirildi.





