O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoshlar boshlang‘ich tashkiloti va xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan joriy yilning 25-yanvar kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda vazirlik xodimlari uchun “Moliyaviy risklar” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Takasaka Muneo ham ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga seminarning asosiy mazmun-mohiyati Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi professori Nishumura Takuro tomonidan taqdimot asosida tushuntirib berildi. Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilar bilan mavzuga oid savol-javoblar ham bo‘lib o‘tdi.
Seminar so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlik ishlarini olib borish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi.
Kelgusida ikki tomonlama hamkorlikka ko‘ra vazirlik xodimlari uchun moliya sohasiga oid seminarlar davom ettiriladi.