• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Xalq ta’limi vaziri Toshkentdagi Shavkat Mirziyoyev sharoitlarini tanqid qilgan maktabda bo‘ldi

4-sentabr kuni O‘zbekistondagi 9904 ta davlat umumta’lim muassasalarida “Bilimlar kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov shu kuni Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi 238-umumta’lim maktabiga keldi.

Vazir maktab xodimlari, ota-onalar va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan qutladi. O‘quvchilarni yaratilayotgan barcha sharoitlardan unumli foydalangan holda puxta bilim olishga chaqirdi.

Sherzod Shermatov maktabning 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘asi”ni topshirdi.

Bu yil “Prezident sovg‘asi” tarkibidagi mahsulotlarning sifatiga katta ahamiyat berilgan. Jumladan, o‘quvchilarga yorug‘lik qaytargich elementlari bo‘lgan portfellar topshirildi. Bunday portfellar bolalarning yo‘lda harakatlanganida xavfsizligini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 10-may kuni Uchtepa tumaniga tashrifi davomida 238-maktab holatini tanqid qilgan edi. Shuningdek, maktab quvvatini oshirish hamda shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgandi.

3,5 oy davomida olib borilgan qurilish va ta’mirlash ishlari natijasida maktab quvvati 1200 dan 2100 ga oshdi. Bolalar uchun o‘qish, sport bilan shug‘ullanish uchun qo‘shimcha 300 xonadan iborat 900 o‘rinli ikkita korpus, 220 o‘rinli faollar zali, maxsus fan xonalari, 4 ta lingafon xonasi, 2 ta sport zalini o‘z ichiga olgan sport kompleksi, zamonaviy stadionlar qurilib, foydalanishga topshirildi.

Shavkat Mirziyoyevning Uchtepa tumaniga tashrifidan so‘ng, Toshkent shahridagi maktablardagi shart-sharoitlar o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida qurilganidan beri ta’mirlanmagan va rekonstruksiya qilinmagan 16 ta maktab aniqlandi.

Natijada Vazirlar Mahkamasining 2019-yilning 17-avgust kuni “Toshkent shahri umumta’lim maktablari faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 2019—2020-yillarda Toshkent shahrida yangi maktablar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda jihozlash uchun 800 milliard so‘m ajratiladi.

 

Manba: Daryo.uz

 

05.09.2019
117
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов