O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Jahon bankining ekspertlari O‘rta Osiyo bo‘yicha etakchi iqtisodchisi Ivaylo Izvorski , Bosh iqtisodchi Eskander Trushin va Viniyak Nagarajlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Moliya vazirligi tomonidan Vazir o‘rinbosarlari
Axadbek Xaydarov, Jamshid Abruev, sohalar bo‘yicha departament direktorlari Sherzod Muxamedov, Zuxriddin Ibragimov, Ajiniyaz Kaypnazarov, Otabek Fozilkarimov, Adxam Eshchanovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasida transformatsiya jarayonini baholash bo‘yicha Jahon banki tomonidan amalga oshirilgan o‘rganishlar natijasida ishlab chiqilgan Hisobot loyihasi (keyingi o‘rinlarda – Hisobot) hamda pandemiya davrida ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohalarini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, tomonlar O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar, “COVID-19” inqirozining iqtisodiyotga ta’siri, uning salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida fikrlar almashildi.
Uchrashuvning so‘ngida, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda Jahon bankining faol ishtiroki hamda yordami muhim ahamiyatgga ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Moliya vazirligi
Axborot xizmati