Bugun yurtimiz bo'ylab O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoshlar boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan navbatdagi “Vatanparvarlik-oliy fazilat” shiori ostidagi tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda so'zga chiqqan mehmonlar tinchligimiz posponlari bo'lmish harbiylar va yurtimiz armiyasining qudrati hamda uning yutiqlariga alohida to'хtalib o'tishdi.
Tadbir davomida yig'ilganlarga Vatan himoyachilariga bag'ishlangan videoroliklar va Buyuk bobokalonimiz sarkarda Amir Temur hayotiga oid, shuningdek, harbiylar hayotiga oid sahna ko'rinishlari ham namoyish etildi. Sanʼat ustalari tomonidan tayyorlangan Vatanparvarlik ruhidagi kuy va harbiy orkestrlarning chiqishlari tadbirga yanada o'zgacha ruh bag'ishladi.

