• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
“UzAuto Motors” AJ ilk xalqaro obligasiyalarining boshlang‘ich foiz stavkasi e'lon qilindi

“UzAuto Motors” AJning (keyingi o‘rinlarda – “UzAuto Motors” yoki emitent) 300 mln. AQSh dollari miqdorida 5 yil muddatga RegS/144A formatida ilk xalqaro obligasiyalarini muomalaga chiqarish bo‘yicha investorlar bilan roudshou yakunlandi va boshlang‘ich foiz stavka e'lon qilindi.

Investorlarning takliflariga asoslangan moliyaviy konsul'tantlarning (Siti, MUFG, Raiffeisen Bank International, Natixis) tavsiyasiga ko‘ra, “UzAuto Motors”ning ilk daromadlilik foiz stavkasi 5,375% atrofida  belgilandi va London vaqti bilan soat 08:15 da buyurtmalar kitobi ochiq deb e'lon qilindi. Ayni paytda investorlardan talabnomalar qabul qilinmoqda. 

Ikkilamchi bozor ko‘rsatkichlari hamda boshqa omillardan (emitent bilan bog‘liq risklar, obligasiyaning kutilayotgan likvidliligi, bozorning joriy holatidan) kelib chiqib, boshlang‘ich foiz stavkalarni e'lon qilishda (Initial Pricing Thoughts) aksariyat investorlar uchun eng maqbul stavkaning belgilanishi tranzaksiyada muhim strategik ahamiyat kasb etadi.

Kun davomida buyurtmalar kitobining hajmi va investorlarning takliflaridan hamda moliya bozorlaridagi holatdan kelib chiqib, “UzAuto Motors”ning ilk korporativ obligasiyalarining kupon stavkasini belgilash jarayoni bugun (27-aprel kuni) yakunlanishi kutilmoqda. 

Batafsil ma'lumotlar talabnomalar kitobi yopilganidan co‘ng va xalqaro obligasiyalar narxlanishi (“pricing”) nihoyasiga yetganidan keyin taqdim etiladi.

Ma'lumot uchun:  joriy yilning 22-26-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan roudshou tadbiri doirasida: 

· AQSh, Yevropa, Rossiya Federatsiyasi va Osiyo mamlakatlarining 50 dan ortiq global xalqaro institusional investorlari ishtirokida telekonferensiya (Global Investor Call) o‘tkazildi;

· 28 ga yaqin yirik xalqaro investorlar bilan yakkama-yakka uchrashuvlar tashkil etildi va ularning savollariga to‘liq javoblar berildi.

 O‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida tashkillashtiruvchi banklar tomonidan investorlarning dastlabki takliflari yig‘ildi hamda sifatli (diversifikasiya qilingan, uzoq muddat davomida qo‘llab-quvvatlaydigan) investorlarni tranzaksiyaga jalb qilish muhim ahamiyat kasb etishi belgilandi. 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

27.04.2021
132
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов