• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
UY-JOY KO'RSATKICHLARI STATISTIKASINI SHAKLLANTIRISH BO'YICHA SEMINAR

O'zbekiston ipoteka bozorini rivojlantirish va bozor tamoyillariga asoslangan uzoq muddatli ipoteka kreditlashning barqaror tizimini yaratish maqsadida Prezidentning 2019 yil 13 maydagi PF-5715-sonli "Ipoteka kreditlash bozorini rivojlantirish va kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarori qabul qilindi va bu qaror doirasida yo'l xaritasi tasdiqlanib, ushbu yo`l xarita  2019 - 2021 yillarga mo`ljallangan bo'lib 22ta tadbirni amalga oshirilishi ko`zda tutilgan.

Ushbu chora-tadbirlar yangi va mavjud bo'lgan yakka tartibdagi turar-joy binolari va ko'p xonali turar joylardagi uylar narxlari to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash va tarqatishda yangi yondashuvni ishlab chiqish va amalga oshirishni, shuningdek, eng yaxshi xalqaro tajribaga muvofiq uy-joy narxlari indeksini ishlab chiqishni ta'minlaydi.

2019 yil 24 sentabrda Moliya vazirligi Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) bilan birgalikda maslahat missiyasi doirasida tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari uchun xalqaro maslahatchilari ishtirokida statistika ma'lumotlarini to'plash va uy-joy ko'rsatkichlarini o'lchash bo'yicha ilg'or dunyo tajribasi bilan tanishish maqsadida seminar tashkil etildi.

OTB maslahatchilari ko'chmas mulk narxlari indekslarini iqtisodiy tahlil, pul-kredit siyosati va mamlakatning moliyaviy barqarorligi uchun o'lchash muhimligini ta'kidladilar.

Taqdimot davomida ko'chmas mulk narxlarini o'lchash uchun uy-joy indikatorlarini shakllantirish bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi, shuningdek, Buyuk Britaniya, AQSh, Frantsiya va boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari misolida chet el ipoteka bozorlarida uy-joy sektoridagi ma'lumotlarni to'plashda mahalliy hokimiyat organlarining o`rni muhokama qilindi.

Shuningdek, ipoteka bozorida ma'lumotlar bazasini yaratish uchun ma'lumot to'plash usullari va muammolari, indekslarni taqqoslash va uy xo'jaliklari daromadlari va uy-joy sektori to'g'risida ma'lumot manbalarining uzluksizligini ta'minlash uchun ekonometrik modellarni o'rganishga alohida e'tibor qaratildi.

O'zbekistonda uy-joy ko'rsatkichlari ma'lumotlarini to'plash va o'lchash metodologiyasi bo'yicha fikr almashildi. OTB xalqaro maslahatchilari mavjud usullarni takomillashtirish va yangi uy-joy indekslarini kiritish bo'yicha tavsiyalar berishdi.

Seminarda Davlat statistika qo'mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi, Davlat geodezkadastr qo'mitasi va Urbanizatsiya agentligi vakillari ishtirok etdilar.

 

Manba: Mf.uz

01.10.2019
109
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов