• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Ta’sischisi budjet tashkilotlari bo‘lgan unitar korxonalar mutaxassislarining davlat xaridlari hamda g‘azna ijrosi bo‘yicha bilimlari oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 345-son “Ta’sischisi budjet tashkilotlari bo‘lgan unitar korxonalarga g‘aznachilik orqali xizmat ko‘rsatishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2022-yil
1-iyundan boshlab tajriba tariqasida, bosqichma-bosqich yil yakuniga qadar
Suv xo‘jaligi vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi barcha unitar korxonalarga faqat Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi belgilandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi va Moliya vazirligi G‘aznachiligi hamkorlikda ta’sischisi budjet tashkilotlari bo‘lgan unitar korxonalar, shu jumladan Suv xo‘jaligi vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi unitar korxonalarning xodimlari uchun davlat xaridlari hamda g‘azna ijrosi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun mohiyatini tushuntirishga qaratilgan o‘quv-seminarini o‘tkazdi. Mazkur 
o‘quv-seminarida Suv xo‘jaligi vazirligi va Avtomobil yo‘llar qo‘mitasi tarkibidagi
251 ta unitar korxona rahbarlari va bosh hisobchilari hamda Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy boshqarmalari mutaxassislari ishtirok etishdi.

O‘quv-seminarida Moliya vazirligi G‘aznachiligining “Moliyaviy resurslar, chet el valyutasidagi aktivlarni boshqarish va budjetning g‘azna ijrosi metodologiyasi” boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Azamat Akramov, Moliya vazirligining “Davlat xaridlari departamenti” bo‘lim boshlig‘i Sultonbek Mamanazarov hamda O‘quv markazi  katta o‘qituvchisi Sanjar Boltayevlar ma’ruza bilan ishtirok etishdi. Ma’ruzachilar taqdimot jarayonida davlat xaridlari hamda g‘azna ijrosi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun mohiyatini seminar qatnashchilariga batafsil tushuntirib berishdi va ular tomonidan berilgan savollarga aniq va mazmunli javoblar qaytarishdi.

Seminar davomida mazkur davlat unitar korxonalari mutaxassislari ish jarayonida uchrayotgan muammoli vaziyatlar, ayniqsa davlat xaridlari maxsus axborot portali bilan ishlash tartibi, moliyaviy-xo‘jalik munosabatlar hujjatlarini shakllantirishdagi tushunmovchiliklar va boshqa qator muammoli savollariga javoblar topishdi.

Tadbir yakunida, ishtirokchilar seminar qiziqarli o‘tganligini, asosiysi u foydali bo‘lganligini va bunday tadbirlar ta’sischisi budjet tashkilotlari bo‘lgan unitar korxonalarga g‘aznachilik orqali xizmat ko‘rsatishni tashkil etishga yaqindan yordam berishini, ayniqsa Suv xo‘jaligi vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi barcha unitar korxonalarni bosqichma-bosqich g‘azna ijrosi bilan qamrab olinishini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidlashdi.

05.08.2022
139
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов