• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
“S&P Global Ratings” agentligi O‘zbekiston Respublikasi suveren kredit reytingini “BB-“ (“Barqaror”) darajasida saqlab qoldi

2019 yilning 13-dekabrida “S&P Global Ratings” agentligi O‘zbekiston Respublikasi suveren kredit reytingi bo‘yicha o‘zining navbatdagi hisobotini e'lon qildi. Unga ko‘ra, agentlik mamlakatimiz suveren kredit reytingini “BB-“ (“Barqaror”) darajasida saqlab qoldi.

O‘zbekiston Respublikasi suveren kredit reytingini baholashda uning:

• Tashqi kreditor pozisiyasi va past darajadagi davlat qarzi yuki respublikaning kuchli tarafi deya qayd etilgan;

• Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning (YaIM) kamligi va pul-kredit siyosatining past darajadagi moslashuvchanligi mamlakatning suveren reyting ko‘rsatkichini oshishini cheklovchi omillar sifatida keltirilgan. Ta'kidlanishicha, qarorlar qabul qilish jarayoni markazlashgan bo‘lib, institutlar o‘rtasidagi hisobdorlik va bir-birini nazorat qilish tizimi yetarli darajada rivojlanmagan.

Quyidagilar kelgusida mamlakatimiz kredit reytingiga ijobiy ta'sir etuvchi omillar sifatida sanab o‘tilgan:

• Mamlakatimizning global iqtisodiyotga integratsiyalashuvi va davlat ulushiga ega korxonalar islohoti natijasida iqtisodiyotning o‘sish salohiyati va barqarorligining yaxshilanishi;

• Diversifikasiyalashgan davlat byudjeti daromadlari bazasi va eksport tarkibi.

Shu bilan birga, quyidagi omillar respublikaning kredit reytingi baholariga salbiy ta'sir etuvchi omillar sifatida keltirilgan:

• Yuqori import va joriy hisob operatsiyalarining bundan keyin ham qarz va xorijiy valyuta rezervlari hisobiga moliyalashtirilishi natijasida fiskal va tashqi balansning sezilarli darajada yomonlashuvi;

• Davlat ulushiga ega asosiy korxonalar holatining yomonlashuvi natijasida shartli majburiyatlarning ortishi.

Shuningdek, agentlik mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarga o‘z fikrini bildirgan. Xususan:

1) Keng qamrovli siyosiy islohotlar respublikadagi institutlarni yaxshilagani va iqtisodiyotning ochiqligini ta'minlagani aytilgan;

2). Hukumat institusional islohotlarda muvaffaqiyatga erishayotgani e'tirof etilgan;

3) Davlat ulushiga ega korxonalar islohotining boshlanishi “muvaffaqiyatli” deya ta'riflanib, ularning faoliyatini modernizasiya qilish va xarajatlarini qoplay olish darajasiga yetkazish respublikaning iqtisodiy o‘sishiga zamin bo‘lishi ta'kidlangan;

4) Bank sektori islohoti Hukumat kun tartibidagi 2017 yilgi iqtisodiy islohotlardan keyingi yirik islohot sifatida qayd etilgan. Ta'kidlanishicha, bank sektori islohoti iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasini pasaytirishga va pul-kredit siyosati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi;

5) 2019 yilgi soliq islohoti soliq bazasini kengayishiga va soliqlarning yig‘ilishi darajasini oshirishga olib kelishi mumkinligi aytilgan.

Shu bilan birga, mamlakat uchun davlat ulushiga ega korxonalar islohoti va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar hajmini oshirish Hukumat oldida turgan vazifa bo‘lib qolayotganiga urg‘u bergan.

 

Manba: Mf.uz

19.12.2019
174
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов