• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Rossiya Federatsiyasining “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlik bitimi imzolandi

Rossiya Federatsiyasining “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universiteti (Perm kampusi) direktori Galina Volodina va direktor o‘rinbosari Yelena Shadrinalar joriy yilning 25-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora  Raximova bilan uchrashdi.

Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda vazirlikning xalqaro moliyaviy munosabatlar departamenti direktori Ajiniyaz Kaypnazarov, Inson resurslarini rivojlantirish va xodimlarni ma’murlash departamenti direktori o‘rinbosari-boshqarma boshligʻi Aliya Mingaliyeva, Davlat xaridlari departamenti bo‘limi boshligʻi Sharof Rustamov va Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi direktori Iroda Xamidovalar ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida Moliya vazirligi tizimi mutaxassislarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash va bu orqali ularning salohiyatini oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi hamda Rossiya Federatsiyasining “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universiteti (Perm kampusi) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bitimi imzolandi. Mazkur hamkorlik bitimini Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi direktori Iroda Xamidova va Rossiya Federatsiyasining “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universiteti (Perm kampusi) direktori Galina Volodinalar imzoladi.

Bitim doirasida tomonlar moliya va davlat xaridlari sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish, tajriba almashish va mutaxassislar stajirovkasini tashkil etish, o‘zaro hamkorlikdagi ta’lim va tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, birgalikda konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, tadqiqotlar va nashrlarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish belgilandi.

Mazkur hujjatning imzolanishi moliya va davlat xaridlari sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

 

25.04.2022
504
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов