Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi “ALFRAGANUS UNIVERSITY” nodavlat oliy taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda joriy yilning 11-dekabr kuni “Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditorlik faoliyati hamda moliya-kredit mexanizmini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.

Anjumanda raqamli iqtisodiyot davrida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni xalqaro standartlarga moslashtirish, davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar va iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonining oʻzaro bogʻliqligi, auditorlik faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy moliyaviy menejmentni qoʻllash, shuningdek, korxonalar moliya-kredit tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan dolzarb maʼruzalar tinglanib, anjuman shoʻbalarida olimlar va tadqiqotchilar tomonidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.