• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishni o‘rganishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Vazirlik tizimi xodimlarining makroiqtisodiyot yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan “Makroiqtisodiy tahlil” kursi tashkil qilindi. Mazkur kursning murakkabligini hisobga olib, o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida respublikamizda faoliyat yuritayotgan sohaning yetuk mutaxassislari jalb qilindi.

Moliya vazirligining markaziy apparati xodimlari uchun 2021-yil 28-sentabr kuni “Makroiqtisodiy tahlil” kursining dastlabki mashg‘uloti sifatida “Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning modelli tahlili” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. 

Mazkur seminar-treningni tashkil etishdan asosiy maqsad, xodimlarning iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida bir qator institutsional tarkibiy o‘zgarishlarni, xususan, mavjud makroiqtisodiy imkoniyatlardan oqilona foydalanish, pul-kredit siyosati, budjet-soliq siyosati hamda to‘lov balansini, real iqtisodiy sektor va makroiqtisodiy jarayonlarning prognozlash va boshqalarga bo‘lgan talabini chuqur o‘rganish, iqtisodiy tejamkorlikni kuchaytirish masalalarini hal qilish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

O‘tkazilgan seminar-treningda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining professori, iqtisod fanlari doktori S. V. Chepel  va  iqtisod fanlari doktori X. Q. Saydaliyev o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etib, taqdimot o‘tkazdi. Ular tomonidan “Xarajat ishlab chiqarish modeli: tahliliy salohiyat va yangi imkoniyatlar” hamda “Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni umumiy muvozanat modellari asosida tahlil qilish” nomli mavzulari batafsil yoritib berildi.

Mazkur seminar-trening ko‘tarinki ruhda olib borildi, shuningdek, seminar ishtirokchlari mavzuga oid foydali va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob va tushunchalar berildi, ayniqsa, makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy  modellari, institusional islohotlar va makroiqtisodiy siyosatning bog‘liqligi, asosiy makroiqtisodiy muammolarga doir masalalar muhokama markazida bo‘ldi.   

Endilikda “Makroiqtisodiy tahlil” o‘quv kurslari oktabr oyidan muntazam ravishda davom etadi.

28.09.2021
444
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов