• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Davlat tilida ish yuritish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasi”da o‘zbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa sohalarda qo‘llash doirasini kengaytirish, undan davlat tili sifatida to‘liq va to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash maqsadida barcha vazirlik va idoralar tarkibida ish yuritish, shuningdek, barcha idoralararo hujjatlar aylanishi davlat tilida bo‘lishini to‘liq ta’minlash va bu jarayonda adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishni nazorat qilish, davlat tilini rivojlantirishga doir ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosini tizimli ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da moliya tizimida davlat tilini to‘laqonli joriy etish, ish yuritish va hujjatlar aylanishi davlat tilida bo‘lishini ta’minlash yuzasidan qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

 Shu munosabat bilan vazirlik tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan (moliya, g‘azna, pensiya organlari) mutaxassis xodimlar uchun joriy yilning 27-sentabr kuni “Davlat tilida ish yuritish sohasida kadrlar salohiyatini oshirish – davr talabi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur seminar Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan tashkil qilindi. Tadbirda Moliya vaziri maslahatchisi Dilshod Bo‘riyev kirish so‘zi bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi maslahatchi mutaxassisi Jamshid Toshev hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Yusupova Tursunoy Axmedovna o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Seminar ishtirokchilariga davlat tilida ish yuritishda imlo qoidalari va ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar, davlat organlari va tashkilotlarida normativ-huquqiy hujjatlarni davlat tilida yuritish masalalari keng yoritib berildi.

Ushbu seminarda Moliya vazirligining hududiy tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ham onlayn tarzda ishtirok etib, ko‘tarilgan masalalar muhokamasi jarayonida faol qatnashdilar. Shuningdek, moliya tizimi mutaxassislari o‘zbek tilida ish yuritish sohasidagi o‘zlarining qiziqtirgan savol va takliflariga javob oldilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tashkil etilgan seminarning ko‘tarinki ruhda,  qiziqarli va foydali o‘tganligini, kelgusida ham bu kabi tadbirlar Moliya vazirligida davlat tilini to‘laqonli joriy etishga hamda ish yuritish va hujjatlar aylanishi davlat tilida bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilishini alohida ta’kidladilar.

27.09.2021
406
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов