• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Davlat korxonalarini isloh qilish dasturiga bag‘ishlangan xalqaro forum bo'lib o'tdi

Joriy yilning 27-may kuni Toshkentda "Davlat korxonalarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish: iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi" mavzusidagi xalqaro forum bo'lib o'tdi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Jahon banki tomonidan tashkil etilgan tadbirning maqsadi – ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning holatini baholash, islohotlar va istiqboldagi vazifalar muhokamasi. Forum ishtirokchilari O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish va moliya vazirliklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbarlari, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, BMTTD, shuningdek davlat korxonalari, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati vakillaridan tarkib topdi.

Tadbir boshida Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli va Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha Jahon bankining mintaqaviy vitse-prezidenti Anna Byorde delegatlarni qutlab murojaat qildilar.

Forum dasturini Bosh vazir o'rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov ochib berdi:

- Hukumat 2025-yilgacha aholi jon boshiga YaIMni hozirgi 1700 dollardan 2500 dollargacha va 2030 yilga kelib 4200 gacha oshirishni qat’iy maqsad qilib belgiladi. Buning uchun yiliga 6-7 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o'sish sur'atlari talab etiladi. Bunday dinamikani ta'minlash uchun davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini keskin qisqartirish hamda davlat korxonalarini transformatsiyasi, shuningdek, davlat aktivlarini xususiylashtirishni amalga oshirish zarur. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining fevral oyida qabul qilingan "Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoniga muvofiq besh yil ichida davlat korxonalari soni 75 foizga kamayadi. Shu nuqtai nazardan, xalqaro tashkilotlarning malakali amaliy yordami muhim ahamiyat kasb etadi va bu uchun ularga hukumat nomidan minnatdorchilik bildiramiz – deb qayd etib o‘tdi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining direktori Akmalxon Ortiqov, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov va Jahon bankining Xitoy bo'yicha mintaqaviy direktori Martin Rayzer 2021-2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi hamda ularni xususiylashtirishning transformatsion ta'siri bo'yicha asosiy ma'ruzalarni taqdim etdilar.

Moliya vaziri Timur Ishmetov o'z ma'ruzasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida gapirib, quyidagilarni ta'kidladi:

- Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni boshqarishda bir qator tizimli muammolar aniqlandi. Ular orasida – muvofiqlashtirish hamda sohalarni rivojlantirishga va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashga nisbatan tizimli yondashuv yetishmasligi, ortiqcha ma'muriy tartibga solish, sog'lom raqobat muhitining mavjud emasligi, uskunalarning yuqori eskirishi va beqaror moliyaviy holati sababli sust rivojlanish, avtomatlashtirilgan tizimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarining yetarli darajada tatbiq etilmaganligi. Bularning barchasi rejalashtirilgan islohotlarni samarali amalga oshirishga va mamlakatning jadal innovatsion rivojlanishiga to'sqinlik qilmoqda. Vaziyatni yaxshilash uchun bir qator choralar ko'rilmoqda. Transformatsiya qilinadigan yirik davlat korxonalari belgilab olingan.

Ishtirokchilar davlat korxonalarining milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli, xorijiy davlatlarning yondashuvlari, muvaffaqiyat omillari va muammolarni ko‘rib chiqishdi. Muhokamalar yakunida ushbu yo'nalishdagi keyingi qadamlar belgilab olindi.

 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

 

28.05.2021
457
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов