• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
PRESS-RELIZ “KORRUPSIYA VA UNING OQIBATLARI”

“KORRUPSIYA VA UNING OQIBATLARI” mavzusidagi

davra suhbatiga bag‘ishlangan 

PRESS-RELIZ

 

2019-yilning 28-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi forumlar zalida “Korrupsiya va uning oqibatlari” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019- yil 5-iyuldagi 106-son buyrug‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash bo‘yicha tashkil etilgan.

Davra suhbatini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmonini samarali ijrosini ta’minlash, tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, korrupsiya holatlarini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida fikr almashishdan iborat.  

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi direktori o‘rinbosari Umid Nazarov, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Kriminalogiya” kafedrasi dotsenti, polkovnik Sharif Qobilov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati departamenti bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy muvofiqlashtiruvchi Alisher Nasreddinov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Davra suhbatida:

  • Korrupsiya: kelib chiqish sabablari, shart-sharoitlari va oldini olish yo‘llari;
  • Moliya vazirligi tomonidan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar muhokama etildi.

Bo‘lib o‘tgan bahs-munozaralar natijalari yuzasidan tizimda korrupsiya bilan bog‘liq qonunbuzarlik holatlarini aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etishda moliya organlari xodimlari, ayniqsa, yosh kadrlarning mas’uliyatini oshirishga doir masalalarga qaratilgan amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi. 

Mazkur davra suhbati tinglovchilarga korrupsiyaning ijtimoiy va iqtisodiy xavfli holati bo‘yicha bilimlarini oshirishga, huquqiy ongi va zamonaviy dunyoqarashini kengaytirishga, shu yo‘l bilan yurt taraqqiyoti hamda aholimizning turmush farovonligini yanada oshirishga hissa qo‘shadigan malakali kadrlar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.

Umuman olganda, mazkur davra suhbatida Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markaziga malaka oshirishga kelgan – Davlat moliyaviy nazorati hududiy boshqarmalariga rahbarlik lavozimlariga zaxiraga olingan xodimlar, Moliya bosh boshqarmasining va G‘aznachilik bo‘linmalari xodimlari hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati xodimlari ishtirok etib, o‘zaro fikr almashishga muvaffaq bo‘ldilar.  

 

30.11.2019
270
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов