• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Auditorlik faoliyatining milliy standartlarini o‘z kuchini yo‘qotish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrug‘i loyihasi ishlab chiqildi

Auditorlik faoliyatini tartibga solishning samarali mexanizmini yaratish maqsadida 2021-yil 25-fevralda “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi va u 27-maydan kuchga kirdi. 

Mazkur qonunda to‘g‘ridan – to‘g‘ri amal qiladigan yangi normalar o‘z aksini topgan. Jumladan, Qonunning 9-moddasiga muvofiq auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini xalqaro standartlar asosida amalga oshirishi belgilangan. Ushbu norma qo‘llanilishi xalqaro standarlar asosida auditorlik xizmatlari bozorining kengayishiga hamda ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshishiga olib keladi

Shulardan kelib chiqib, “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda keltirilgan yangi normalarni hisobga olgan holda, quyida keltirilgan 21 ta Auditorlik faoliyatining milliy standartlarining (AFMS) o‘z kuchini yo‘qotish to‘g‘risida Moliya vazirining buyrug‘i loyihasi ishlab chiqildi:

1. 3-son AMA “Auditni rejalashtirish”;

2. 4-son AMS “Auditorlik tashkilotlarining ichki standartlariga qo‘yiladigan talablar”;

3. 5-son AMS “Auditor ishi sifatini nazorat qilish”;

4. 6-son AMS “Auditni hujjatlashtirish”;

5. 9-son AMS “Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi”;

6. 10-son AMS “Moliya hisoboti tarkibida boshqa ma'lumotlar”;

7. 11-son AMS “Komp'yuterda ishlangan ma'lumotlar (KIM)ning auditi”;

8. 12-son AFMS “Auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash”;

9. 13-son AMS “Tahliliy tadbirlar”;

10. 14-son AMS “Auditorlik tanlash”;

11. 16-son AMS “Ekspert ishidan foydalanish”;

12. 24-son AFMS “Moliyaviy hisobotda buzilishlar aniqlanganda auditorlik tashkilotining harakati”;

13. 25-son AFMS “Auditorlik tekshiruvi o‘tkazishda normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini tekshirish”;

14. 31-son AFMS “Xo‘jalik yurituvchi sub'ekt faoliyati bilan tanishuv”;

15. 50- son AFMS “Auditorlik dalillari”;

16. 55-son AFMS “O‘zaro bog‘liq shaxslar o‘rtasidagi bitimlar bo‘yicha auditorlik dalillarini olish taomillari”;

17. 56-son AFMS “Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi hodisalar”;

18. 60-son AFMS “Boshqa auditor ishi natijalaridan foydalanish”;

19. 70-son AFMA “Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik xulosasi”;

20. 80-son AFMS “Maxsus savolni tekshirish natijalari bo‘yicha auditor hisoboti”;

21. 90-son AFMS “Auditorlik tashkilotlarining kasbga doir xizmatlari”.

Mazkur buyruq loyihasi belgilangan tartibda keng jamoatchilik muhokamasi uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirildi. 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

17.06.2021
472
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов