
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira-muqaddas, qadr-aziz” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent viloyati “Oltin meros” xayriya jamoat fondi rahbari Zarifa Eshmirzayeva hamda O‘zbekiston xalq artisti, “Ilhaq” filmining bosh qahramoni Dilorom Karimovalar ishtirok etishdi.
Yig‘ilganlar tomonidan ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq xotiralar yodga olinib, xalqimizning urush yillarida ko‘rsatgan matonati va jasorati aks etgan filmlardan parchalar namoyish etildi.
Tadbir samimiy muloqot tarzida davom etib, Dilorom Karimovaning “Ilhaq” filmini suratga olish jarayonidagi hayajonli holatlari, Zarifa Eshmirzayevaning Rossiya va Ukraina hududlarida olib borgan qidiruv tadbirlari natijasida qabri aniqlangan o‘zbek jangchilari nomini abadiylashtirish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari yig‘ilganlarda katta ta’surot qoldirdi.