O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi bilan hamkorlikda 2020-yil 17-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining O‘quv markazi tomonidan “Jahon moliya tizimi va raqamli iqtisodiyot” mavzusida navbatdagi onlayn seminar tashkil etildi.

Seminarni O‘quv markazning Ilmiy tadqiqot ishlanmalari Byurosi boshlig‘i i.f.n., dotsent Melibayeva Gulnora Achilovna olib bordi.
Ushbu seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad – Inson resurslarini rivojlantirish tamoyili asosida xodimlarning kasbiy mahoratlarini rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirishdir.

O‘tkazilgan seminarda Moliya vazirligining markaziy apparati va tarkibiy bo‘linmalardan xodimlar bevosita ishtirok etdilar.
Mazkur seminarda:
- jahon moliya tizimiga ta’sir etuvchi asosiy omillar;
- jahonning yirik moliya markazlari va yirik banklarining mavjud aktivlari bo‘yicha tahliliy ko‘rstakichlar;
- jahon moliya tizimining milliy iqtisodiyotga ta’sir etuvchi xususiyatlari;
- iqtisodiyotning raqamli bosqichi;
- davlat xizmatlarini ko‘rsatishda AKT imkoniyatlaridan foydalanish;
- raqamli iqtisodiyotning tijoratlashuvi munosabati bilan iqtisodiyotning moliya va real sektorlarida yuz berayotgan katta o‘zgarishlar xususida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Ta’kidlash kerakki, o‘tkazilgan onlayn seminarda ma’ruzachi mavzuni zamonaviy dars o‘tish metodlaridan, ya’ni infografikalar va slaydlardan foydalangan holda, ham nazariy, ham amaliy jihatdan yoritib berdi.
Seminar so‘ngida mavzu doirasida ishtirokchilar o‘zlari uchun qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Eslatib o‘tish kerakki, bu kabi seminarlarni tashkil etish 2020-yil yakuniga qadar rejalashtirilgan bo‘lib, har oyda bir necha marotaba o‘tkazib boriladi.