• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida masofaviy ta’lim shaklida malaka oshirish kurslari tashkil etildi

Bugungi kunda dunyo miqyosidagi global muammo Covid-2019 pandemiyasi davrida yurtimizda yuzaga kelgan vaziyat — raqamli mahsulotlarning hayotimizga mutlaqo aralashishi muqarrar ekanligini ko‘rsatib kelmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, barcha sohalar singari ta’lim tizimida ham yangi bosqich boshlanganini anglatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi
“2017-2021-yillarda O
‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi PF-5953-son Farmoni va Moliya vazirligining 2020-yil 9-sentabrdagi 79-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlari moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazida joriy yilning 14-sentabridan Moliya vazirligi tizimi xodimlari uchun malaka oshirish kurslari masofaviy ta’lim shaklida yuqori axborot texnologiyalaridan keng foydalanganholda tashkil etildi.

Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi professor-o‘qituvchilari tomonidan masofadan o‘qitish tizimini mukammal va samarali joriy etish maqsadida o‘quv dasturlar ishlab chiqildi, masofadan onlayn va offlayn shaklda tashkil etiladigan malaka oshirish o‘quv kurslari bo‘yicha o‘quv-metodik materiallar (o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, taqdimot slaydlari, nazorat topshiriqlari, keyslar, videomateriallar va test savollari) tayyorlandi va O‘quv markazining ta’lim platformasiga joylashtirildi.

Masofaviy ta’lim shalidagi malaka oshirish kurslariga Moliya vazirligining Markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, vazirlik huzuridagi tashkilotlar va boshqa tashkilotlardan malakali mutaxassislar jalb qilingan holda ZOOM ijtimoiy tarmog‘ida onlayn darslar olib boriladi va malaka oshirish kurslariga qo‘shimcha ravishda  seminar, vebinar hamda davra suhbatlari tashkil etiladi.

Masofaviy ta’lim shaklidagi malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikatlar taqdim etiladi.

 

14.09.2020
359
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов