Joriy yilning 22-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazining masofaviy malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri moliya bosh boshqarmalarining Budjet daromadlari bazasini mustahkamlash va budjetlararo munosabatlar bo‘limi bosh iqtisodchilari hamda tumanlar va shaharlar moliya bo‘limlarining Budjet daromadlari bazasini mustahkamlash va budjetlararo munosabatlar bo‘limi mutaxassislari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hududlar moliyasi departamenti bilan hamkorlikda “Mahalliy budjetlar daromadlar bazasini kengaytirish” mavzusida onlayn davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu davra suhbati Hududlar moliyasi departamenti Mahalliy budjetlar daromadlar bazasini kengaytirish va tahlil qilish bo‘limi iqtisodchisi
Sherzod Xalilov hamda O‘quv markazining “Davlat moliyasi” kafedrasi mudiri Baxtiyor Kayumov va kafedra o‘qituvchisi Abror Amirov tomonidan olib borildi.
Davra suhbatida mahalliy budjetlar daromadlar bazasini kengaytirish va budjetga qo‘shimcha zaxira manbalarini aniqlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shu bilan birga ishtirokchilar va tinglovchilar tomonidan sohaga oid savollar va amaliy takliflar berildi.

O‘tkazilgan davra suhbatining yana bir quvonarli tomoni shunda bo‘ldiki, aynan tumanlar va shaharlar moliya bo‘limi xodimlari tomonidan xorijiy mamlakatlarda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishni davom ettirish istaklari bildirildi. Bu esa, o‘z navbatida, vazirlik tizimidagi xodimlarning o‘z bilim va ko‘nikmalarini muntazam ravishda oshirib borishi, moliya tizimi sohasida yuqori malakali mutaxassis bo‘lish istagi namoyon bo‘lishidan dalolatdir.