O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Хodimlar bilan ishlash boshqarmasi va Moliya vazirligi
huzuridagi O'quv markazi hamkorligida “Koronavirus pandemiyasining zamonaviy moliya tizimiga ta’siri” mavzusida
onlayn seminar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati hamda tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining bilim, malaka va ko‘nikmalarini, shuningdek salohiyatini oshirish maqsadida Moliya vazirligi Хodimlar bilan ishlash boshqarmasi va Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi bilan hamkorlikda 2020-yil 11-avgust kuni “Koronavirus pandemiyasining zamonaviy moliya tizimiga ta’siri” mavzusidagi seminar Zoom-konferensiyasi tashkil etildi.
Seminarda Moliya vazirligining Tarif siyosati va davlat korxonalarini isloh qilish boshqarmasi, Byudjet-soliq tadqiqotlari instituti, Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish departamenti hamda O‘quv markaz xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda O‘quv markazning Ilmiy-tadqiqot ishlanmalar byurosi boshlig‘i i.f.n., dotsent Gulnora Achilovna Melibayeva koronavirus pandemiyasi dunyoda tarqalishi holatlari bo‘yicha tahliliy va jahon iqtisodiyotiga bo‘lgan ta’siri, shuningdek koronavirus pandemiyasining zamonaviy moliya tizimiga ta’siri hamda inqirozdan
chiqish ssenariylari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi. Mavzu doirasida ishtirokchilar o‘zlari uchun qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.
Seminar yakunida quyidagi xulosalar berildi:
• COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘langan global
inqiroz - bu oddiy siklik tarzdagi turg‘unlik emas, balki jahon iqtisodiyotining tashkil qilinishi, ijtimoiy tuzumning jiddiy o‘zgarishiga olib kelishga qodir bo‘lgan zarbadir;
• COVID-19 bilan bog‘liq inqirozning o‘ziga xos hususiyati - bu ko‘p sonli aholining jabr ko‘rishi va insonlar hayotida fojialar ko‘pligi;
• har bir mamlakat mazkur inqirozli vaziyatdan chiqishning o‘z ssenariysini ishlab chiqmoqda;
• noodatiy inqiroz davrining eng muhim sharti - bu keng miqyosli moliyaviy, texnologik va inson resurslarini barqarorlashtirishdan iborat bo‘lib, bu markazlashgan tizimlarning ustunligidir;
• o‘z-o‘zini izolyatsiyalash davrida pandemiya insonlarning barcha hayotiy rejalarini, qadriyatlarini va ustuvorliklarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Lekin, bundan juda muhim xulosa kelib chiqadi, ya’ni mamlakatimizning har bir fuqarosi, u
qayerda va kim bo‘lib ishlashidan q at’iy nazar, iqtisodiyotimiz mustahkam bo‘lishi va bunga o‘xshash dahshatli inqirozlarni yengib o‘tishga qodir bo‘lishidan manfaatdor bo‘lmog‘i lozimligidir.


