• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Jahon banki hamkorligida “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 4-5 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Jahon banki hamkorligida amalga oshiriladigan “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasining ochilishiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarda Jahon bankining mintaqaviy departament direktorlari, davlat moliyaviy boshqaruv sohasidagi yetakchi ekspertlar, xalaqro moliyaviy institutlar vakillari, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi vazirlik va idoralarning mutasaddi xodimlari hamda milliy ekspertlar ishtirok etmoqda.

Mazkur loyiha doirasida 2019-2024 yillar davomida mamlakatamizda davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish, korporativ sektorning bozor amaliyotlari uchun sharoitlarni yaxshilash, iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Umumiy qiymati 33 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan ushbu loyiha Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro Taraqqiyot Asosiasiyasi tomonidan moliyalashtiriladi. Ushbu loyiha 3 ta muhim yo‘nalishlardan iborat bo‘lib, loyihaning:

birinchi komponenti - Davlat moliyasini boshqarish sohasini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, byudjet xarajatlarining natijadorligini oshirishga qaratilgan samarali mexanizmlarni joriy etish, davlat investisiyalarini boshqarish jarayonini takomillashtirish, davlat ichki nazorati va ichki auditi tizimini takomillashtirish kabi sohalarni qamrab oladi.

ikkinchi komponenti davlat aktivlarini samarali boshqarish hamda davlat korxonalarini isloh qilishga qaratilgan bo‘lib, davlat korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy-me'yoriy hujjatlarni takomillashtirish, davlat korxonalari faoliyatini nazorat qilish va boshqarishning zamonaviy bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida tashkil etish, boshqaruv instrumentlarini ishlab chiqish, xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish sohasida ishtirok etuvchi barcha davlat tashkilotlarining salohiyatini oshirish;

uchinchi komponenti doirasida mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ushbu maqsadda tashkil etilgan Iqtisodiy kengash faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.

Seminarda ishtirok etgan mutasaddi rahbarlar tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish sohasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi, institutsional salohiyatni oshirish, ya'ni milliy mutaxassislarning bilim va tajribasini oshirish bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasining omillaridan biri ekanligi yurtboshimizning Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida ham ta'kidlanganligini qayd etdi.

O‘z navbatida Jahon Banki vakillari tomonidan ham o‘z ishini boshlagan ushbu loyiha ikkala tomon o‘rtasidagi aloqalarning yangi bosqichi ekanligini ta'kidlandi. Shuningdek, mazkur loyiha orqali Jahon Banki O‘zbekistonda ro‘y berayotgan institutsional o‘zgarishlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlashini ma'lum qilgan holda bunday samarali hamkorlik yanada kengroq ko‘lamda davom etishini qayd etdi.

Kunning birinchi qismida vazirlik va idoralardan tashrif buyurgan mutaxassislarning loyihaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar batafsil muhokama qilindi. Kunning ikkinchi qismi esa “workshop” shaklida amalga oshirilib, xalqaro hamda milliy mutaxassislar o‘zaro ishchi guruhlarga bo‘lingan holda o‘zlariga tegishli sohalarda kadrlar salohiyatini oshirish hamda buning loyiha davomida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan harakatlar rejasining muhokamasiga bag‘ishlandi.

Ochilish marosimi yakunida seminar ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan harakatlar rejasining muhokamasidan olingan xulosalar tinglanib, loyihaning har bir bosqichida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

 

Manba: Mf.uz

06.02.2020
115
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов