• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI G'AZNACHILIGI HAMDA ROSSIYA FEDERATSIYASI FEDERAL G'AZNACHILIGI O'RTASIDA HAMKORLIK

Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi rahbarining o'rinbosari A.Mixaylik boshchiligidagi delegatsiya, Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o'rtasida 2017 yilda imzolangan Texnik hamkorlik to'g'risidagi memorandumga binoan, O'zbekiston Respublikasiga ishchi tashrif bilan keldi.

Ushbu Memorandum doirasida Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi o'rtasidagi yillik qo'shma hamkorlik Rejasi tasdiqlanadi. 

Ta'kidlash kerakki, 2019-2020 yillarga mo'ljallangan hamkorlik Rejasi, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakillarining 12-13 sentabr kunlari bo'lib o'tgan IV Moskva moliyaviy forumidagi ishtiroki doirasida imzolandi.

Joriy ish safarining asosiy maqsadi esa – budjet sohasida, xususan davlat budjeti ijrosining g’aznachilik tizimidagi islohotlar bo’yicha tajriba almashuvi.

Ishchi uchrashuvlarning birinchi kunida ikki mamlakat g'aznachiligi vakillari O'zbekiston Respublikasida kapital qo'yilmalar uchun ajratilgan maqsadli budjet mablag'lari yuzasidan (moliya-xo'jalik faoliyati natijalarining alohida hisobini yurituvchi; davlat shartnomasi yoki kapital qo'yilmalar to'g'risidagi shartnomaning narx tarkibini ochib beruvchi) g'aznachilik kuzatuvini joriy qilishning maqsadga muvofiqligi va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatarlarini muhokama qilishdi.

Ishchi yig'ilish natijalariga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o'rinbosari O.Isakov quyidagilarni ta'kidladi:

- G'aznachilik kuzatuvi mexanizmidan foydalanish budjet mablag'larining maqsadli sarflanishi monitoringi, shu bilan birga ushbu mablag'lar faqat davlat dasturida ko'zda tutilgan maqsadlar uchun ajratilishini va davlat kontraktlari bo'yicha o'z vaqtida to'lanishini ta'minlaydi.

Ushbu mexanizmni hayotga tatbiq etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligining mutaxassislari xalqaro tajribani o'rganmoqdalar, Respublika viloyatlaridagi pudratchilar, moliya va soliq organlari bilan muhokamalar hamda seminarlar o'tkazilinmoqda.

To'plangan materiallarni o'rganish va Rossiya Federatsiyasi G'aznachiligining tajribasini hisobga olgan holda g’aznachilik kuzatuvining tegishli mexanizmi bo’yicha joriy yil yakunigacha tegishli takliflar taqdim etiladi.

Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligining ixtisoslashgan bo'limlari rahbarlari bilan uchrashuvlar doirasida auditorlik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish, ichki nazorat va auditni o'tkazish, idoraning funksional faoliyatini takomillashtirish bo'yicha savollar taqdim etildi.

Tashrif doirasida, Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi delegatsiyasi vakillarini  Farg'ona va Namangan viloyatlaridagi g'aznachilik bo'limlari faoliyati bilan tanishtirish rejalashtirilgan.

 

Manba: Mf.uz

26.09.2019
130
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов