• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni yuzasidan davra suhbati tashkil etildi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur davra suhbati Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, unda O‘quv markazining xodimlari hamda vazirlikning hududiy iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlari, vazirlik huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hududiy bo‘linmalari hamda vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlaridan kelgan tinglovchilar ishtirok etdi.

      O‘quv markazi direktori I. Xamidova mazkur Qonunning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritar ekan, avvalo, vazirlik tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarning har qanday ko‘rinishiga qat’iy chek qo‘yish olib borilayotgan izchil islohotlarning asosiy yo‘nalishi ekanini ta’kidladi.

      Davra suhbatida Iqtisodiyot va moliya vazirligining Yuridik departamenti bosh yuriskonsulti B. Bobokeldiyev tomonidan Qonunning mazmun-mohiyati, ya’ni “manfaatlar to‘qnashuvi” tushunchasi, manfaatlar to‘qnashuvi kimlar o‘rtasida va qachon vujudga kelishi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi, shuningdek, vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi bosh mutaxassisi O. Samadov vazirlik tizimida Qonun ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ko‘rsatib o‘tildi.

      Davra suhbati ishtirokchilari “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunning mohiyati, davlat xizmatchilari faoliyatidagi manfaatlar toʻqnashuvi, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha ko‘rilgan choralar hamda ushbu qonunni buzganlik uchun belgilangan javobgarlik boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan asoslantirilgan javoblar olishdi hamda mavzular doirasida fikr almashishdi.

09.10.2024
319
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов