• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
"Budjet jarayonida fuqarolarning ishtiroki mexanizmini rivojlantirish" mavzusidagi onlayn trening

So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat moliyasini boshqarish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar natijasida byudjet jarayonining shaffofligini hamda budjet jarayonida fuqarolarni ishtirokni ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-son “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, bunga ko‘ra joriy yildan boshlab 14 ta hududda har bir tuman va shaharlarda tegishli budjetlarning 5 foiz mablag‘lari jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘nalitirilishi belgilandi. 

2022-yildan boshlab esa mazkur tartib respublikaning barcha tuman va shaharlariga tadbiq etiladi.

Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Moliya vazirligi jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirishda keng jamoatchilikni jalb qilish yuzasidan tanlab olingan 14 ta tuman va shaharlarda o‘quv seminarlar o‘tkazilishi bo‘yicha dastlabki ishlar boshlab yuborildi.

Jumladan, joriy yilning 23-aprel kuni Moliya vaziligi, Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikda Davlat budjeti departamenti, Byudjet-soliq tadqiqotlar instituti, Moliya vazirligi huzuridagi o‘quv markazi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh (trener-konsultantlar) uchun onlayn trening o‘tkazildi. Keyinchalik esa ushbu ishchi guruh tomonidan tanlab olingan 14 ta tuman va shaharlarda jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish yuzasidan o‘quv seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur treningni o‘tkazishda Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi huzuridagi Ilmiy tadqiqotlar moliya institutining Tashabbusli budjetlashtirish markazi direktori V.V.Vagin ekspert sifatida jalb qilindi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, ushbu ekspert “Rossiya - BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda bilimni boshqarish va salohiyatni kengaytirish” loyihasi ko‘magida jalb etildi. 

Trening davomida V.V.Vagin tomonidan trening qatnashchilari tashabbusli budjetlashtirish sohasida xalqaro tajriba bilan tanishtirib o‘tildi va fuqarolarni mazkur jarayonlarga jalb qilish bo‘yicha o‘quv materiallar taqdim etildi. Shuningdek, treningda takliflarni tanlab olish, ularni moliyalashtirish hamda tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinib, yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

26.04.2021
470
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов