Sizning fikringiz biz uchun muhim!
Joriy yilning 26-aprelidan 10-maygacha Jahon banki jamoatchilik, jumladan fuqarolik jamiyati, xususiy sektor vakillari, ilmiy doiralar, mahallalar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan onlayn konsultatsiyalar o'tkazmoqda. Undan maqsad 2022-2026 yillarda O'zbekiston bilan kambag'allikni yengishga va jamiyatning iqtisodiy farovonligini oshirishga yordam beradigan istqibolli hamkorlik yo'nalishlarini aniqlashdir. Konsultatsiya jarayoni haqida ko'proq ma'lumotni bu yerda o'qing? http://wrld.bg/4ZRR30rFN9P
Biz mamlakat iqtisodiyotining kompleks diagnostik tadqiqoti doirasida dastlabki tahlil asosida hamkorlikning ehtimoliy yo'nalishlarini aniqladik. Hujjatni havola orqali ko'rish mumkin? https://bit.ly/3sUk74i
Konsultatsiya jarayoni va dastlabki xulosalarni o'rganib chiqqandan so'ng, iltimos, onlayn anketani to'ldirish uchun bir necha daqiqangizni sarflang? https://bit.ly/3dUGfqY
Shuningdek, elektron pochta orqali konsultatsiya doirasidagi savollar bilan bog'liq fikr-mulohazalaringizni va takliflaringizni bizga yuborishingiz mumkin? tashkent@worldbank.org
Jarayondagi faol ishtirokingiz Jahon bankining O'zbekiston bilan kelgusidagi hamkorlik rejalari dolzarb, o'z vaqtida hamda mamlakat va uning fuqarolari manfaatlari yo'lida aniq natijalarga yo'naltirilganligiga ishonch hosil qilishga yordam beradi!