”OMAD SUG’URTA” Mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ixtiyoriy va majburiy sug’urtani amalga oshirishga litsenziya berildi
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli buyrug’iga asosan ”OMAD SUG’URTA” Mas’uliyati cheklangan jamiyatiga umumiy sug’urta tarmog’ida 17 klass bo’yicha ixtiyoriy va majburiy sug’urtani (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilishdan tashqari) amalga oshirish uchun 2019 yil 10 dekabrdagi SF 00254-sonli litsenziya berildi.
12.12.2019
87