• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Birlashgan Vena Instituti bilan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

Joriy yilning 20-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida vazir o‘rinbosari Gulnora Raximova hamda Birlashgan Vena Instituti (BVI) direktori Erve Joli o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazi direktori Iroda Xamidova, Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik, xalqaro reytinglar bilan ishlash departamenti direktori Shuhrat Matkarimov hamda Almati shahridagi Xalqaro valyuta jamg‘armasi markazi direktori Norbert Funke ishtirok etishdi.

Uchrashuv avvalida Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Raximova mehmonlarga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, vazirlik xodimlari BVI kurslari orqali malaka oshirib kelayotgani muhimligini ta’kidladi.

Yil boshidan beri vazirlik Markaziy apparatidan 30 dan ortiq xodimlar BVIda tashkil etilgan turli kurslarda qatnashdilar. Ta’kidlash joizki, Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli buyrug‘i bilan xorijda malaka oshirib kelgan xodimlar hamkasblari bilan tajriba bo‘lishishi maqsadida ular uchun taqdimot o‘tkazib berishi yo‘lga qo‘yilgan.

Hududiy boshqarma xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish maqsadida vazirlik huzuridagi moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolash taklifi muhokama qilindi. Barqaror rivojlanish, fiskal xatarlar, raqamlashtirish, xususiylashtirish kabi mavzularda kurslarni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

BVI direktori Erve Joli o‘z navbatida samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston bilan o‘rnatilgan hamkorlik natijasida 2022-yil yakuni bo‘yicha BVI o‘quv kurslarida malaka oshirgan o‘zbekistonlik mutaxassislar soni umumiy tinglovchilarning qariyb 6% ga yetganligini ta’kidladi. Bu boshqa davlatlarga nisbatan katta ko‘rsatkich. Misol uchun, BVI bilan hamkorlik qilayotgan 30 dan oshiq davlatlarning ulushi 3% ni tashkil etadi.

Uchrashuv davomida Iroda Xamidova mehmonlarga moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazi haqida batafsil ma’lumot berdi. Hozirda u yerda nafaqat an’anaviy, balki masofaviy ta’lim usullari orqali vazirlik xodimlari malaka oshirib kelayotganiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Bugungi kunda ta’lim yo‘nalishlari budjet siyosati, davlat xaridlari, budjet tashkilotlarida budjet hisobining standartlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishni o‘z ichiga qamrab olishi ta’kidlandi.

Erve Joli keyingi hafta davomida texnik ko‘mak doirasida O‘zbekistonning davlat xizmatchilari uchun BVI tomonidan maxsus kurslar tashkil etilishi kutilayotganini aytib o‘tdi. Bu esa o‘z navbatida mutaxassislar o‘rtasida bilim va tajriba almashinuv faollashishiga yordam beradi.

Muhokama yakunida mehmonlar vazirlik huzuridagi O‘quv markaziga tashrif buyurib, markazning moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayoni, o‘quv dasturlari va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, ikki tomon uchun ustuvor bo‘lgan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 

21.09.2023
500
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов