O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-sonli qarorini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari Fondi (MHXS Fondi) bilan 2020-yil 11-noyabr kuni MHXS talablarini amaliyotga tatbiq qilish va chop etish uchun ochiq lisenziya shartnomasi imzolangan edi.
O‘zbekiston MHXS Fondining rasmiy veb-saytida ( www.ifrs.org) 2013-yildan buyon o‘z profiliga ega bo‘lib kelgan.
Mazkur profil orqali O‘zbekistonda MHXSni joriy qilishning huquqiy holati to‘g‘risida ma'lumotlar yoritib beriladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda MHXSni joriy qilishning huquqiy asoslari bo‘yicha ma'lumotlar MHXS Fondi tomonidan yangilandi.
O‘zbekistonning MHXS Fondi rasmiy veb-saytidagi profili bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: www.ifrs.org
Ma'lumot uchun:
* MHXS Fondi 1973-yil 29-iyun kuni Xalqaro Buxgalteriya Standartlari Qo‘mitasi (XBS Qo‘mitasi) tuzilgan. 2010-yil XBS Qo‘mitasi o‘zining nomini Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari Fondi deb nomlagan. MHXS fondi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Delever shtatida notijorat korporatsiya sifatida ro‘yxatga olingan va Angliya Va Uelsda chet el kompaniyasi sifatida ro‘yxatga olingan. Bugungi kunda 144 ta mamlakatdagi aksatriyat kompaniyalarida MHXS qo‘llaniladi. www.ifrs.org
Moliya vazirligi
Axborot xizmati