• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
“S&P” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston suveren kredit reyting kutilmasini “salbiy”dan “barqaror”ga oshirdi

“S&P” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha navbatdagi hisobotini e'lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston reyting bahosi “BB-” darajasida saqlab qolindi va reyting kutilmasi “salbiy”dan “barqaror”ga oshirildi.

 “S&P” reyting agentligi tomonidan respublikamizga suveren kredit reyting ilk bor 2018-yil 21-dekabrda berilgan. Agentlik har yili ikki marta O‘zbekistonning suveren kredit reytingini qayta baholaydi va baholash jarayonida respublikamizdagi so‘nggi iqtisodiy yangiliklar bilan tanishadi.

 2020-yil iyun oyidan beri “S&P” reyting agentligi tomonidan 21 ta mamlakatning kredit reytingi pasaytirilgan va 13 ta mamlakatning, jumladan O‘zbekistonning reyting kutilmasi “salbiy”ga tushirilgan edi. 

 Mazkur qaror O‘zbekiston tashqi qarzining so‘nggi ikki yilda nisbatan yuqori sur'atlarda o‘sganligi bilan izohlangan edi. Shu bilan birga, kelgusi 12 oy davomida mamlakat tashqi qarzining o‘sish sur'ati barqarorlashmagan taqdirda O‘zbekiston kredit reytingini pasaytirishi mumkinligi ma'lum qilingan edi.

 Joriy yilning 10-11-may kunlari tashkil etilgan konferens-qo‘ng‘iroqlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining mutasaddi rahbarlari tomonidan respublikadagi makroiqtisodiy vaziyat va amalga oshirilayotgan islohotlar borasida ma'lumot taqdim etildi.

Ushbu konferens-qo‘ng‘iroqlardan so‘ng “S&P” reyting agentligining kredit qo‘mitasi uchrashuvi bo‘lib o‘tgan va mazkur qo‘mita O‘zbekiston Respublikasining reyting kutilmasini quyidagi sabablarga ko‘ra “salbiy”dan “barqaror”ga oshirishga qaror qilgan.

 1. “S&P”ning qayd etishicha 2020 yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishga (1,6 foiz) erishgan dunyodagi kamdan-kam mamlakatlardan biri bo‘lgan.

 Agentlikka ko‘ra, iqtisodiy o‘sishga asosiy sabab COVID-19 bilan bog‘liq cheklovlarga qaramay qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarining faoliyat yuritganligi, yirik infratuzilma va investisiya loyihalarining amalga oshirilishi hamda Hukumatning iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun ko‘rgan tezkor choralari bo‘ldi.

 2021-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 4,8 foizga o‘sishi prognoz qilingan bo‘lib, xizmatlar sektori asosiy o‘sish drayveri bo‘lishi Agentlik tomonidan taxmin qilinmoqda. 

 2. Hisobotga ko‘ra, tashqi qarz o‘sish sur'ati sekinlashgan hamda qisqa muddatli fiskal va tashqi xatarlar pasaygan. 

 Xususan, “Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunda davlat tashqi qarziga yillik limit (5 mlrd. dollar) va davlat qarzining eng yuqori miqdorining (yalpi ichki mahsulotga nisbatan 60%) belgilanganligi, shuningdek davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni tanlab olishga nisbatan yanada “talabchan” qoidalar tadbiq etilganligi Agentlik tomonidan ijobiy baholangan.

 Shuningdek, 2017-yildan buyon Hukumat islohotlar va iqtisodiy modernizasiya bo‘yicha o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarida sezilarli ravishda ildamlagani Agentlik tomonidan qayd etilgan.

 Agentlik mazkur islohotlar iqtisodiyotning ishlab chiqarish samaradorligi hamda Hukumatning institusional salohiyatini yaxshilashiga ishonch bildirmoqda. 

 3. “S&P”ning kutilmalariga nisbatan O‘zbekistonning fiskal pozisiyasi 2020-2021-yillarda yaxshilangan. Qayd etilishicha, 2020 yil mobaynida oltin narxining yuqoriligi davlat tushumlari va tashqi balansini qo‘llab-quvvatlab, umumiy fiskal defisitning kutilganidan kamroq bo‘lishiga sabab bo‘ldi (2020 yil yakuniga umumiy fiskal defisit 4,5 foizni tashkil etdi).

 Natijada, byudjetni qo‘llab-quvatlash uchun jalb qilingan mablag‘larning bir qismi tejalib, Hukumat aktivlari miqdorining oshishiga erishilgan. Bu, o‘z navbatida, sof davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatining barqarorlashishiga o‘z hissasini qo‘shgan. 

 Hisobotga ko‘ra, COVID-19 bilan bog‘liq xatarlar yuqoriligicha qolayotgan bo‘lsada, joriy yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi tezlashishi kutilmoqda.

4. Hisobotda ta'kidlanishicha, O‘zbekistonning tashqi balansi 2020-yilni kutilganidan ko‘ra yaxshiroq ko‘rsatkichlar bilan yakunlagan. Agentlikka ko‘ra, 2020-yil yakunida davlat va moliyaviy sektorning likvid aktivlari umumiy tashqi qarz miqdoridan ko‘proq bo‘lgan. 

 5. Hukumat tomonidan so‘nggi yillardagi bir qator islohotlar, xususan sud hokimiyati mustaqilligini oshirish, so‘z erkinligiga qo‘yilgan ta'qiqlarni olib tashlash va fuqarolar oldidagi hisobdorlikning oshishi, korrupsiyaga qarshi kurashish, iqtisodiy ma'lumotlar ochiqligining yaxshilanishi, savdo va valyuta kursi liberalizasiyasi hamda davlat korxonalari islohoti va xususiylashtirish rejalari alohida e'tirof etilgan. 

 Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar oqimini yaxshilash Hukumatning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib qolayotganligi ta'kidlangan.

 Shu bilan birga, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmini oshirish, pul-kredit siyosatining samaradorligini oshirish, hisobdorlik va institutlar o‘rtasidagi o‘zaro tiyib turish tizimining rivojlantirish zarurati qayd etilgan.

 Agentlik hisobotida O‘zbekiston reytingiga ijobiy va salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi omillar sanab o‘tilgan. Unga ko‘ra O‘zbekistonning global iqtisodiyotga integratsiyalashuvi va iqtisodiy islohotlar natijasida iqtisodiyot o‘sish salohiyatining va fiskal hamda tashqi zaxiralar darajasining yaxshilanishi mamlakatimiz kredit reytingini oshiruvchi omil bo‘lishi mumkin.

 Mamlakatimiz kredit reytingini pasaytiruvchi omillar sifatida quyidagilar qayd etilgan:

 - Agentlik kutilmalariga nisbatan O‘zbekistonning fiskal va tashqi zaxiralari tez sur'atlarda yoki sezilarli darajada kamaysa;

 - to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar oqimining yetarli emasligi natijasida qarz jalb qilish oshsa va tashqi aktivlar kamaysa; 

 - iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasi sezilarli darajada oshsa;

 - davlat korxonalari holatining zaiflashuvi natijasida davlat shartli majburiyatlari amalga oshsa (ya'ni Hukumat davlat korxonalarining qarzini to‘lasa).

 Moliya vazirligi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar ko‘magida “S&P” xalqaro reyting agentligi bilan doimiy ravishda muloqot davom ettiriladi va kelgusi hisobotlar bo‘yicha axborot taqdim etiladi.

Moliya vazirligi
Axborot xizmati

07.06.2021
492
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов