O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hududlar moliyasi departamenti va Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi hamkorligida
“Mahalliy budjetlarni shakllantirishning o‘ziga xos jihatlari”
mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 3-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazining masofaviy malaka oshirish kurslarida malaka oshirayotgan tinglovchilari, ya’ni tuman va shaharlar moliya bo‘limlarining Mahalliy budjetini shakllantirish hamda budjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limi iqtisodchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hududlar moliyasi departamenti bilan hamkorlikda “Mahalliy budjetlarni shakllantirishning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida onlayn davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu davra suhbati Hududlar moliyasi departamenti Mahalliy budjetlar daromadlar bazasini kengaytirish va tahlil qilish bo‘limi iqtisodchisi
Sherzod Xalilov hamda O‘quv markazining “Davlat moliyasi” kafedrasi mudiri Baxtiyor Kayumov va kafedra katta o‘qituvchisi Rano Bakiyeva tomonidan olib borildi.
Davra suhbatida mahalliy budjetlarning daromadlar va xarajatlar qismini shakllantirishning joriy holati va bu borada 2021-yilda kutilayotgan o‘zgarishlar tahlil qilindi. Ayniqsa, tinglovchilarni Mahalliy budjetlarda shakllanadigan qo‘shimcha mablag‘lar va erkin qoldiqlarni xarajat qismi bo‘yicha juda qizg‘in muhokamalar bo‘ldi. Bu borada ishtirokchilar va tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob olishdi va amaliy takliflar kiritishdi.
