O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini moliyaviy tartibga solish boshqarmasi va Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi hamkorligida
“Kommunal va yo‘l xo‘jaligi, obodonlashtirish va narxlarni shakllantirish”
mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazining masofaviy malaka oshirish kurslarida malaka oshirayotgan tinglovchilari, Moliya bosh boshqarmasi Kommunal va yo‘l xo‘jaligi, obodonlashtirish va narxlarni shakllantirishni rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limi iqtisodchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini moliyaviy tartibga solish boshqarmasi bilan hamkorlikda “Kommunal va yo‘l xo‘jaligi, obodonlashtirish va narxlarni shakllantirish” mavzusida onlayn davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu davra suhbati Moliya vazirligining Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini moliyaviy tartibga solish boshqarmasi xodimlari Abror Bo‘riyev, Nasimbek Mamatov hamda O‘quv markazining “Davlat moliyasi” kafedrasi mudiri Baxtiyor Kayumov tomonidan olib borildi.
Davra suhbatida mahalliy chiqindilarga pasaytiruvchi me’yorlar, issiqlik energiyasi narxlari, yo‘lovchi tashish transportlarining narxini muvofiqlashtirish, yangi joriy etilgan avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi (metropoliten misolida), obodonlashtirish ishlarini yaxshilash va tartibga solish va bu borada 2021-yilda kutilayotgan o‘zgarishlar tahlil qilindi. Shu bilan birga, ishtirokchilar va tinglovchilar tomonidan sohaga oid savollar va amaliy takliflar berildi.
