Mazkur treningni o‘tkazishdan asosiy maqsad — ayollarni shaxsiy va professional hayotlarida muvaffaqiyatga erishish yoʻlidagi muhim qadamlar bilan tanishtirish, oʻz salohiyatlarini roʻyobga chiqarish va motivatsiya olishga qaratilgan.

Trening davomida qatnashchilar oʻzlarining kuchli tomonlari va imkoniyatlarini aniqlash, rivojlantirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarda faol ishtirok etib, shaxsiy va professional maqsadlarini belgilash, ularga erishish uchun strategiyalarni ishlab chiqish boʻyicha bilimlar olishdi. Shuningdek, foydali va qiziqarli maslahatlar, resurslar bilan taʼminlanishdi. Bu kabi amaliy mashg‘ulotlar, ko‘rgazmali qurollardan foydalangan holda o‘tkazilgan trening ayol xodimlar uchun ma’lum bir davr mobaynida ularning shaxsiy oʻsishi, rivojlanishini rejalashtiradi, kelgusida kasbiy faoliyatiga ham ijobiy vosita sifatida xizmat qiladi.

Ta’kidlash joizki, Oʻquv markazining rahbariyati ayol xodimlarni doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlash va ularning professional rivojlanishiga, ishdagi samaradorligini oshirishni taʼminlashga harakat qiladi. “Shaxsiy rivojlanish sari qadamlar” treningi ham muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Oʻquv markazi rahbariyati tomonidan keyinchalik ham ayollar uchun shunday foydali treninglar tashkil etish rejalashtirilgan.