• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI O‘QUV MARKAZINING ILMIY SALOHIYATI OSHMOQDA

O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limning noyob tizimi yaratilgan bo‘lib, ilmiy-tadqiqot faoliyati, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish samaradorligini oshirishga, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning rolini kuchaytirishga yo‘naltirilgan salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Ayniqsa, ilm-fanning rolini va ilmiy salohiyatni oshirishda Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 2793, 2016 yil 3 iyun) muhim ahamiyat kasb etadi va u ilmiy unvonlar berish tartibini belgilaydi.

Dotsent ilmiy unvoni ta’lim muassasalarida samarali ilmiy-pedagogik va ilmiy faoliyat olib borayotgan, fanning muayyan sohasida chuqur kasbiy bilim hamda o‘z sohasida muayyan yutuqlarga erishgan yuksak ma’naviyatli shaxslarga beriladi.

       Bu borada Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazida muhim tarixiy qadam tashlandi. O‘quv markazida ilmiy unvonlarga tavsiya etish amaliyoti yo‘lga qo‘yilib, ilk bora O‘quv markazi Kengashining qaroriga muvofiq “Davlat moliyasi” kafedrasi o‘qituvchisi Ilxomov Baxodir Ilxom o‘g‘li 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit ixtisosligi bo‘yicha va “Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbonov Shodlikbek Marksovich 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, audit va iqtisodiy tahlil ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonlariga tavsiya etildi va mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlanib ularga dotsent ilmiy unvoni berildi.

Zero, ushbu voqea O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan O‘quv markazi mutaxassislarining ilmiy salohiyati, izlanishlari, innovatsion yondashuvlari hamda ta’lim jarayonida ko‘rsatayotgan amaliy natijalarini tan olish va e’tirof etish hisoblanadi.

       Erishilgan mazkur yutuqlar ilmiy salohiyatni yanada yuksaltirish bilan birga vazirlik tizimi mutaxassislarining ilmiy ishlarini rag‘batlantirish hamda bevosita amaliyot bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan malakali mutaxassislarni ilmiy-pedagogik va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish yo‘lidagi muhim imkoniyatlardan biri sifatida tahsinga sazovordir.

      Hamkasblarimiz Baxodir Ilxomov va Shodlikbek Qurbonovlarni dotsent ilmiy unvonlari bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz! Albatta, kelgusida ularning vazirlik tizimida ilm-fanning salohiyatini yuksaltirishda, ilmiy ishlanmalarning amaliyotga joriy etilishida xizmatlari beqiyos bo‘lishiga ishonchimiz komil.

22.01.2025
225
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов