Joriy yilning 14-sentabr sanasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimi hodimlari hamda O‘quv markazi tinglovchilari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi qonunchilik va xuquqiy siyosat instituti sho‘ba mudiri, yuridik fanlari doktori, Ismoilov Bahodir Islamovich tinglovchilarga korrupsiyani belgilovchi omillar va uning kelib chiqish sabablari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida vazifalarga oid maʼlumotlar berdi.
Davra suhbati ishtirokchilari korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan bilimlarini mustahkamlab oldilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.