• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Ipoteka kreditini olish uchun murojaat qilgan shaxslarga qanday talablar qo‘yilmoqda?

Aholiga ipoteka krediti berishning yangi tartibida ipoteka krediti oluvchilar va kreditlovchi banklarga talablar qo‘yildi. Ipoteka kreditini olmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining banklardan olingan avvalgi qarzlari vaqtida to‘langanligi ham ahamiyatga olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan “Aholiga ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olish uchun bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari ajratish konsepsiyasi” tasdiqlanib, yangi tartib doirasida ipoteka krediti oluvchilar jismoniy shaxslar va ushbu kreditlarni berishda qatnashuvchi tijorat banklariga talablar belgilandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qilmoqda.

  1. Ipoteka krediti oluvchilarga quyidagi talablar qo‘yildi:

- ipoteka krediti kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 50 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;

- ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda qaytarish imkoniyatiga ega bo‘lgan doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega bo‘lishi;

- qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari (jumladan olinadigan ipoteka krediti) bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari, ya’ni qarz yuki ko‘rsatkichi miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi;

- ipoteka krediti ajratish haqidagi arizani ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olgan kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan jismoniy shaxslar ipoteka krediti olishlari mumkin.

  1. Ipoteka krediti berishda ishtirok etuvchi banklarga talablar:

- yangi tartib doirasida ipoteka kreditlarini ajratish yuzasidan aniq belgilangan ichki tartibi ishlab chiqilganligi;

- “Fitch Ratings” yoki “Standard & Poor’s” xalqaro reyting agentliklarining

“V” darajasidan yoki “Moody’s Investors Service” reyting agentligining

“V2” reytingidan past bo‘lmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega bo‘lishi;

- oxirgi uch yillik moliyaviy hisobotlariga auditorlik tashkilotining ijobiy xulosasi mavjudligi;

- davlat byudjeti mablag‘lari, shu jumladan, Moliya vazirligi tomonidan yangi tartibga muvofiq joylashtirilgan moliyaviy mablag‘lar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi;

- Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan prudensial normativlarni buzilganligi sababli unga nisbatan ipoteka kreditlarini berilishiga to‘sqinlik qiluvchi amaldagi chora va sanksiyalari mavjud bo‘lmasligi;

- regulyativ kapitali 500 mlrd. so‘mdan kam bo‘lmagan tijorat banklari yangi tartib doirasida kreditlashda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Manba: review.uz 

27.02.2020
122
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов