• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari to‘g‘risida ma’lumot

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi va uning tizimidagi budjet tashkilotlari hamda hududiy "Toza hudud" DUKlarida 2017-2020 yillarda budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishlarda jami 87,3 mlrd.so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan.

 Jumladan, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi va uning tizimidagi budjet tashkilotlarida xodimlarga ish haqi, mehnat ta’tili, moddiy yordam va mukofot pullarini hisoblashda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi oqibatida 9,4 mlrd.so‘m miqdoridagi budjet va budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari noqonuniy sarflab yuborilgan.

 

 

 Misol uchun, ekologiya, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasiga ajratiladigan tushumlarni, atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini hamda bioxilma-xillik yuzasidan tabiatga etkazilgan zarar uchun tegishli tashkilotlardan 3,8 mlrd.so‘m undirilishi ta’minlanmagan bo‘lsa, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 2,2 mlrd.so‘m boshqa xarajatlarga ortiqcha va maqsadsiz sarflab yuborilgan.

 Bundan tashqari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tizimidagi hududiy “Toza hudud” DUKlarga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni maqsadli sarflanishida, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lashda, maxsus texnikalar va chiqindi konteynerlarini xarid qilishda hamda chiqindi poligonlarini qurilishida 77,9 mlrd.so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

 

 

 Misol uchun, Andijon viloyati “Toza hudud” DUK hisobchisi o‘ziga tegishli bank kartasiga 282,7 mln..so‘m mablag‘ni asossiz o‘tkazib, o‘zlashtirib yuborgan bo‘lsa, Qashqadaryo viloyati “Toza hudud” DUKda xodimlarning oylik ish haqi miqdori asossiz ravishda yuqori qo‘llanilishi hisobiga ishchi-xodimlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan 1 730,4 mln..so‘m ortiqcha to‘lab yuborilgan.

 Shu kabi holatlarga Navoiy (1 561,7 mln..so‘m), Samarqand (776,4 mln..so‘m), Surxondaryo (262,1 mln..so‘m), Jizzax (173 mln..so‘m), Xorazm (101,6 mln..so‘m), Sirdaryo (50,5 mln..so‘m) va Buxoro (29,6 mln..so‘m) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi (236,3 mln..so‘m)dagi  hududiy “Toza hudud” DUKlarida ham yo‘l qo‘yilgan. 

 Hududiy “Toza hudud” DUKlarida maxsus transport vositalaridan maqsadli foydalanilishida va yoqilg‘i moylash mahsulotlarini sarflash me’yorlariga amal qilinmaganligi natijasida 44,2 mlrd.so‘m miqdorida mablag‘lar asossiz ortiqcha sarflangan. 

 Misol uchun, maishiy chiqindi yig‘ish poligonlarida yordamchi bino, avtogaraj, ma’muriy binolar va inshoatlar qurilishida pudratchilar tomonidan bajarilmagan qurilish-ta’mirlash ishlarini hisobotlarga qo‘shib yozilishi oqibatida Toshkent (695 mln..so‘m), Sirdaryo (587,5 mln..so‘m), Navoiy (201,6 mln..so‘m), Andijon (104,8 mln..so‘m), Jizzax (91 mln..so‘m), Farg‘ona (36 mln..so‘m) va Xorazm (25 mln..so‘m) viloyatlarida mablag‘lar asossiz sarflab yuborilgan.

 Shuningdek, Buvayda tuman hokimining qarori bilan 2020 yilda poligon uchun ajratilgan hududda 470 mln..so‘mga qurib bitkazilgan avtogaraj mazkur yilning noyabrь oyida asossiz buzib tashlanib, budjet mablag‘larini samarasiz sarflanishiga yo‘l qo‘yilgan. 

 Hududiy “Toza hudud” DUKlar tomonidan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya etilmasdan 11,3 mlrd.so‘mlik shartnomalar tuzilgan va xaridlar amalga oshirilgan. 

 Misol uchun, mazkur Qonun talablariga zid ravishda Samarqand (7,1 mlrd.so‘m), Buxoro (794,7 mln..so‘m) va Namangan (372,4 mln..so‘m) viloyatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar asosida tovar-moddiy boyliklar xarid qilingan. 

 O‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.  

  

Moliya vazirligi
Axborot xizmati

24.06.2021
491
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов